KIBERNETIKA INSTITUTI

KIBERNETIKA INSTITUTI, «Zamonaviy informatsion texnologiyalari» ilmiy texnika markazi qoshidagi Kibernetika inti — kibernetika masalalari bilan shugʻullanadigan ilmiy muassasa. Oʻzbekiston FA V. I. Romanovskiy nomli Matematika institutida 1956-y. «Hisoblash texnikasi» boʻlimi tashkil etildi. Bu boʻlim qisqa vaqt ichida xalq xoʻjaligining muhim va zarur masasalarini yechishga kirishdi. 1959-y. da Oʻzbekistonda birinchi boʻlib «Ural1» EHM si ishga tushirildi. 1961-y. da «Hisoblash markazi» tashkil etilib, unda M-20 EHM si ishga tushirildi. 1963-y. da «Hisoblash markazi» Mexaniqa inti tarkibiga kiritildi. 1966-y. da Oʻzbekiston FA Hisoblash markazli Kibernetika in-ti, 1978-y. da shu in-t negizida Oʻzbekiston FA «Kibernetika» ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil qilindi. 2001-y. dan birlashma «Zamonaviy informatsion texnologiyalari» ilmiy texnika markaziga aylantirildi. Markaz tarkibiga Kibernetika instituti, xoʻjalik hisobidagi «Algoritm» ilmiy tadqiqot in-ti, Avtomatika va hisoblash texnikasi maxsus loyiha-konstruktorlik byurosi kiradi. Oʻtgan dvar mobaynida birlashmaning faol katnashuvi bilan 108 ta axborot-hisoblash markazlari yaratilgan, 200 dan ortiq avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari ishga tushirilgan, 400 dan ortiq EHM ishlatilgan. In-tda 100 dan ortiq fan dri, 800 dan ortik, fan nomzodi tayyorlangan.

Ilmiy yoʻnalishlari: yangi axborot texnologiyalarini yaratish; modellashtirish, boshqarish, sunʼiy tafakkur va algoritmlash muammolarini yechish.

In-tda 17 lab. ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradi, 200 dan ziyod xodim faoliyat koʻrsatadi. Jumladan, Oʻzbekiston FA akad. laridan V. K — Qobulov, F. B. Abutaliyev, T. F. Bekmurodov, B. A. Bondaryonko, T. Boʻriyev, M. M. Komilov faoliyat koʻrsatmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x