OʻZGARMAS TOK

OʻZGARMAS TOK — tok kuchi va yoʻnalishi vaqt oʻtishi bilan oʻzgarmaydigan elektr toki. Oʻ. t. oʻzgarmas elektr yurituvchi kuch taʼsirida oʻtkazgichdan yasalgan berk zanjirda vujudga kelishi mumkin. Agar elektr zanjiri tarmoqlanmagan boʻlsa, uning hamma qismlaridan oʻtayotgan tok kuchi bir xil boʻladi. Oʻzgarmas tokning asosiy qonunlari Om qonuni va Joul — Lens qonunipan iborat. Ishtirok etayotgan … Читать далее

OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI

OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI — Oʻzbekiston Respublikasida uzluksiz taʼlim tizimidagi taʼlim turlaridan biri. OʻzRning 1997 yil 29 avg. da qabul qilingan «Taʼlim toʻgʻrisida»gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq, umumiy oʻrta taʼlim negiziga asoslanadi. Majburiy taʼlim hisoblangan Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi, k. h. t tabaqalashtirilgan asosda va shaxs imkoniyatlarini hisobga olgan holda quriladi hamda … Читать далее

SLOVENIYA

SLOVENIYA (Slovenija) Sloveniya Respublikasi (Republika Slovenija) — Bolqon ya. o. ning shim. garbida joylashgan davlat. Mayd. 20,3 ming km2. Aholisi 1,93 mln. kishi (2002). Poytaxti — Lyublyana sh. Maʼmuriy jihatdan 62 tumanga boʻlingan. Davlat tuzumi. Sloveniya — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1991-y. 23 dek. da qabul qilingan; unga 1997 va 2000-y. larda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi … Читать далее

DOGʻISTON

DOGʻISTON, Dogʻiston Respublikasi — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi respublika. Mayd. 50,3 ming km2. Aholisi 2120 ming kishi (1999). Poytaxti — Maxachkala sh. 41 tuman, 10 shahar va 17 shaharcha bor. Davlat tuzumi. Dogʻiston — respublika. Davlat hokimiyatining oliy organi — Davlat Kengashi. Qonun chiqaruvchi organi — parlament (Xalq majlisi). Ijroiya hokimiyat — hukumat. Tabiati. D. Shim. … Читать далее

HOMIDXONOV Muzaffar Zohidxonovich

HOMIDXONOV Muzaffar Zohidxonovich (1916.26.7 — Toshkent — 1972.25.6) — energetika sohasidagi olim, Oʻzbekiston FA akad. (1968), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1966), texnika fanlari dri (1961), prof. (1962). Oʻrta Osiyo industrial in-tini tugatgan (1940), shu in-tda oʻqituvchi, aspirant, Chirchiq elektrokimyo kombinatida sinovchi-muhandis (1941—45), Toshkent politexnika inti (ToshPI) da dotsent, kafedra mudiri (1946—62), Oʻzbekiston … Читать далее

TEMIR YOʻL

TEMIR YOʻL — 1) yoʻlovchi va yuklarni tashiydigan, texnika vositalari va inshootlari (poyezdlar, vagonlar, styalar, avtomatika va telemexanika qurilmalari dispetcherlik xizmati va b.) majmui bilan jihozlangan transport korxonasi. Vazifasiga qarab, umumiy foydalaniladigan (magistral); sanoat transporti, ruda konlari va b. joylarda ishlatiladigan; shahar t. y. (tramvay, metropoliten); izlari oraligʻining kengligiga qarab, keng izli va tor izli … Читать далее

SHAMOL ENERGETIKASI

SHAMOL ENERGETIKASI — fan va texnikaning shamol oqimining kinetik energiyasidan mexanik, elektr va issiklik energiyasi olishda foydalanish usullarini, nazariy asoslarini ishlab chiquvchi va xalq xujaligida shamol energiyasidan foydalanish tarmoqlari hamda yullarini belgilovchi sohasi. Inson shamol kuchidan kadimdan foydalanib kelgan. Oldiniga uning kuchidan faqat yelkanli qayiqlarda foydalanilgan, keyinchalik (mil. av. 2—1-a.) Misr va Xitoyda shamol tegirmonlari … Читать далее

DATCHIK

DATCHIK (ruscha) , birlamchi oʻzgartirgich — oʻlchanayotgan fizik kattalik (bosim, t-ra, elektr kuchlanish, siljish va b.)ni uzatish, unga ishlov berish va qayd qilish uchun signal (odatda, elektr signal)ga aylantirib beradigan vosita. Oʻlchash, signal yoki rostlash qurilmalari tizimining muhim qismi; sezgir elementi tekshirilayotgan miqdorlar (bosim, t-ra, tezlik, yorugʻlik kuchi, elektr toki, kuchlanish va b.) taʼsirini sezadi. … Читать далее

GIDROTEXNIKA INSHOOTLARI

GIDROTEXNIKA INSHOOTLARI — suv resurslaridan foydalanish yoki suvning yemirish taʼsiriga qarshi kurash uchun quriladigan inshootlar. Gidrotexnika inshootlari vazifasi boʻyicha 2 guruhga — umumiy ahamiyatga ega boʻlgan va maxsus inshootlarga boʻlinadi. Umumiy ahamiyatga ega boʻlgan Gidrotexnika inshootlari tarkibigasuv damlagich, suv olgich, suv tashlama va suv rostlagich inshootlari kiradi. Suv damlagichlar (toʻgʻon, damba) inshootning oldi va orqasida … Читать далее

ISHLAB CHIQARISHNI AVTOMATLASHTIRISH

ISHLAB CHIQARISHNI AVTOMATLASHTIRISH — mashinalashtirilgan i. ch. ni nazorat qilish va boshqarish ishlarini avtomatik qurilmalar zimmasiga yuklash; i. ch. ni mexanizatsiyalashtirishning yuqori bosqichi. Fan va texnika taraqqiyotinnng asosiy yoʻnalishlaridan biri. Mehnat unumdorligi, maqsulot sifati, mehnat madaniyati va b. omillar i. ch. koʻrsatkichlarini yuqori darajaga koʻtarish imkonini beradi. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishning qisman (lokal), yalpi (kompleks) va … Читать далее