FOZILOV Hosil Fozilovich

FOZILOV Hosil Fozilovich (1909.28.8 Toshkent 2003.8.3) energetik olim. Oʻzbekiston FA akad. (1956). Oʻzbekistonda xizmat kursatgan fan va texnika arbobi (1959); Uzbekistonda xizmat kursatgan energetik (1989). Texnika fanlari dri (1953), prof (1954). Oʻrta Osiyo industrial intini tugatgan (1934). Toshkent politexnika intida assistent (193537), ToshPIda katta oʻqituvchi, dotsent (194047), Oʻzbekiston Oʻzbekiston FA Energetika in-ti direktori (1956—62), Oʻzbekiston FA bosh ilmiy kotibi (1956—62), Oʻzbekiston FA texnika boʻlimi boshligʻi (1962 — 63), Oʻzbekiston FA Energetika va avtomatika in-ti lab. boshligʻi (1963 — 69), ToshTU kafedra mudiri (1969 — 93), kafedra prof. (1993-y. dan). Fozilov elektr tizimlari rejimlarini tahlil qilish nazariyasining asoschilaridan biri.

Ilmiy ishlari elektr energiyasini uzok, masofaga uzatish muammolarini hal etish, elektr energetikasini rivojlantirish muammolariga bagʻishlangan. Uning rahbarligida respublikaning elektr energetika resurslarini oʻzlashtirish loyihalari ilmiy jihatdan asoslab berildi, elektr tizimlarini hisoblash algoritmi yaratiddi. Fozilov respublikaning energetika va suv muammolarini yechishga katta hissa qoʻshgan.

As: Optimizatsiya rejimov elektroenergeticheskix sistem, T., 1987; Ustanovivshiyesya rejimы elektroenergeticheskix sistem i ix optimizatsiya (v soavtorstve). T., 1999.

Ad.: Hosil Fozilovich Fozilov (bibliografiya), T., 1984.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x