QUYIMOZOR SUV OMBORI

QUYIMOZOR SUV OMBORIBuxoro viloyatida Quyimozor va Kogon t. y. st-yalari oraligʻida joylashgan. 1958-y. da Zarafshon daryosining etak qismidagi chuqurliklardan birining atrofini koʻtarib qurilgan. Suv omborining kosasi qumtosh aralash loyqalardan tashkil topgan yotqiziqlarda joylashgan. Dastlabki suv hajmi 280 mln. m3, maydoni 16,2 km2. Eng keng joyi 5 km, oʻrtacha chuq 17 m, eng chuq. joyi 40 m. 1968-y. da suv ombori kosasining qirgʻ-oqtari 2 m dan ortiq baland marzalar bilan koʻtarildi. Uning suv hajmi 350 mln. m3 gacha, mayd. 17,3 km2 ga yetdi. Quyimozor suv omboriga maxsus kanal (18 km) orqali Zarafshon daryosidan suv keltiriladi, shuningdek, Amu-Buxoro mashina kanalipyan 40 m3/s suv quyadigan Quyimozor nasos styasi qurildi. Jamgʻarilgan suv oʻz. 72 km va sek. iga 100 m3/s ga qadar suv oqadigan kanal orqali irrigatsiya shoxobchalariga tarqatiladi. Suv omborida suv sathi oʻzgarib turadi. Quyimozor suv ombori tarkibiga Xorxoʻr va Duoba gidrouzellari kiradi. 1965-y. dan beri Quyimozor suv ombori Amu-Buxoro mashina kanali suvini tartibga solish maqsadida foydalaniladi. Magistral kanal bilan birgalikda suv ombori 94 ming ga yerni sugʻoradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x