QUYOSH SHAMOLI

QUYOSH SHAMOLIQuyosh plazmasining sayyoralararo fazoga uzluksiz radial oqib chiqishi. Aslida Quyosh shamoli Kuyosh tojinint tashqi qatlamlaridan yuqori energiyali zarra (proton, elek-tron)lar sochilib turishidir. Quyosh shamoli ter-minini birinchi boʻlib amerikalik fizik Ye. Parker kiritgan (1958). Quyosh tojining doimo 1,5—2 mln. K gacha qizishi nurlanish orqali sarflanayotgan energiya bilan muvozanatda boʻlmaydi. Qoldiq energiyani Quyosh shamoli olib ketadi. Quyosh shamoli plazmasi quyosh tojidagi singari asosan proton, elektron va geliy atomlari yadrolaridan iborat. Zarralar zichligi 1m3 da taxm. 6 mln. ga yetadi va ularning oʻrtacha tezligi 400 km/ sek. Quyosh shamoli moddasi Quyosh magnit maydonlarini oʻzi bilan olib ketadi. Quyosh shamoli fazoda Yer mag-nit maydonini cheklaydi va Yer orbitasi yaqinidagi orbitada =5 10-5 erstedni tashkil etadi. Quyosh shamoliga oʻxshash moddalarning oqib chiqishi baʼzi yulduzlarda ham kuzatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x