QULOQ SHANGʻILLASHI

QULOQ SHANGʻILLASHI — tashqi tovush taʼsirisiz quloqda shovqin sezilishi. Sogʻlom kishilarda baʼzan shovqinsiz tinch sharoitda ham Quloq shangʻillashi (fiziologik shangʻillash) kuzatiladi, bu ichki quloqning mayda tomirlarida qon harakatlanishining sezilishi natijasida sodir boʻladi. Oʻrta yoki ichki quloq yoxud eshituv nervi kasallanganda, simob, qoʻrgʻoshin, mishyak kabi baʼzi dori moddalardan zaharlanganda, gipertoniya, gipotoniya va b. kasalliklarda patologik Quloq shangʻillashi roʻy beradi. Qon bosimi oʻzgarganda, ruhiy iztirob, jismonan zoʻri-qish, toliqish va b. da Quloq shangʻillashi kuchayishi mumkin. Baʼzan homiladorlik, klimakteriya davrida ham vaktincha quloq shangʻillaydi. Quloq shangʻillaganda darhol vrachga uchrashish lozim, chunki u quloq va yuraktomir sistemasi kasalliklarining dastlabki belgisi boʻlishi ham mumkin. Homiladorlarda Quloq shangʻillashi roʻy bersa, albatta, ayollar konsultatsiyasiga koʻrinish lozim; bu davrda Quloq shangʻillashi homilador ayol qon bosimining keskin oʻzgaruvchanligi (beqarorligi) va homiladorlik toksikozi sababli boʻlishi mumkin q(. Homiladorlik toksikozlari).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x