Tuyabo‘g‘iz suv ombori (Toshkent dengizi)


Post Views:
834

TUYABO‘G‘IZ SUV OMBORI, Toshkent dengizi – Ohangaron daryosining o‘rta oqimida barpo etilgan gidrotexnika inshooti. 1962 yilda qurilgan. Daryo suvini mavsumiy tartibga soladi. Umumiy hajmi 250 mln. m3, foydali hajmi 224 mln. m3. Suv yuzasi mayd. 20 km2. O‘rtacha chuqurligi 12,5 m. Ko‘tarma tuproq to‘g‘on, chap va o‘ng qirg‘oq suv chiqargichlar va suv tashlagichdan iborat. To‘g‘on uzunligi 2,4 km, ikki chekkasi qumoq tuproqdan qurilgan. Ombor gidrouzeli 1,9 km uzunlikdagi dambaga tutashgan. To‘g‘on ustidan Toshkent–Bekobod avtomobil yo‘li o‘tadi. Suv omboridan Qorasuv daryosiga va Tuyabo‘g‘iz chap qirg‘oq kanaliga suv beriladi. Suv ombori atrofida dam olish zonalari, bolalar oromgohlari, plyajlar tashkil etilgan. Ijara punktlari ishlaydi. Suv sporti bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi. Tuyabo‘g‘iz suv ombori Toshkent viloyatining Bo‘ka, Oqqo‘rg‘on, O‘rta Chirchiq, Quyi Chirchiq tumanlarida sug‘oriladigan yerlar suv ta’minotini yaxshilashga imkon beradi. Tuyabo‘g‘iz suv omborida turli baliqlar urchitiladi.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/tuyabo-g-iz-suv-ombori-toshkent-dengizi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x