POLINEZIYA

POLINEZIYA (yun. poli… va nesos — orol) — Okeaniyadagi orollar. Tinch okeanning markaziy qismida, 23°30ʻ sh. k. — 28° j. k. va 176° shq. u. — 109°20ʻ gʻ. u. lar oraligʻida. Polineziya tarkibida Tonga, Gavayi, Tuvalu, Feniks, Tokelau o. lari, Kuk arxipelagi, Gʻarbiy Samoa, Sharqiy Samoa, Layn, Tubuai, Markiz o. lari, Pasxa o., Jamiyat o. lari, Tuamotu o. lari va b. bor. Mayd. 26 ming km2. Orollarning aksari qismi vulkan otilishi natijasida paydo boʻlgan yoki marjon orollardir. Vulkan orollari relyefi togʻlik (eng baland joyi 4205 m, Gavayi o. dagi Mauna-Kea soʻngan vulkani), marjon orollarining yer usti yassi va pasttekislik. Gavayi, Samoa va Tonga o. larida xarakatdagi vulkanlar mavjud. Foydali kazilmalardan fosforit, boksit konlari bor. Orollar marjon riflari bilan oʻralgan. Iqlimi ekvatorial, tropik, passatli iqlim. Oʻrtacha yillik t-ra 22—26°. Yillik yogʻin 1500 mm dan 3500 mm gacha, kuchli dovullar boʻlib turadi. Orollar doim yashil subekvatorial va tropik oʻrmonlar bilan qoplangan, shamolga teskari yon bagʻirlar savannalardan iborat. Sohillarda kokos palma-si, non daraxti, pandanuslar usadi. Kofe, kakao, kauchukli daraxtlar oʻstiriladi. Shakarqamish, ananas, sholi, yams, maniok yetishtiriladi. Dengiz hayvonlari ovlanadi, marvarid olinadi. Xalqaro turizm rivojlangan. Polineziya orollari yevropaliklarga 16-a. oxiridan maʼlum.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x