ANJIR SHAFTOLI

ANJIR SHAFTOLI, yangi anjir shaftoli — xalq seleksiyasida yaratilgan shaftoli navi (R. R. Shreder nomidagi i. t. in-tining Samarqand filialida bu navni Chempion navi bilan chatishtirish asosida A. S. Cherevatenko chiqargan yangi Anjir shaftoli navi koʻp tarqalgan). Tupi kuchli oʻsadi, daraxti oʻrtacha kattaliqda (4 —5 m), mart oxiri — apr. ning boshida (12 — 18 … Читать далее

ANEMIYAGA QARSHI MODDALAR

ANEMIYAGA QARSHI MODDALAR — gemoglobin va qizil qon tanachalari miqdorini oshirish, shuningdek anemiyani davolashda ishlatiladigan dorilar. Anemiyaga qarshi moddalardan temir, kobalt, mis preparatlari, sianokobalamin (V12 vitamin) va folat kislota (V, vitamin) tibbiyot amaliyotida kup qoʻllaniladi.

ANDROGENEZ

ANDROGENEZ (yun. andros — erkak va… genez) — jinsiy koʻpayish xili. Bunda murtakning rivojlanishida faqat urugʻ hujayra yadrosi ishtirok etadi. Androgenez ayrim hayvonlar (mas, gabrobrakon yaydoqchilari) va oʻsimliklar (makkajoʻxori, tamaki)da tuxum hujayra yadrosi urugʻlanishidan oldin nobud boʻlganida (psevdogamiya) yoki tuxum hujayraning yadrosiz qismi urugʻlanganida (merogoniya) roʻy beradi. Tuxum hujayra yadrosiga fizik yoki kimyoviy yoʻl bilan … Читать далее

ANDIJON QOʻZGʻOLONI

ANDIJON QOʻZGʻOLONI (1898) — oʻzbek xalqining mustamlakachilik va milliy zulmga qarshi ozodlik harakati. Dukchi Eshon qoʻzgʻoloni (voqeasi) nomi b-n ham mashhur. Unga Andijon uyezdining Mingtepa qishlogʻilik Muhammadali xalfa Sobir oʻgʻli rahbarlik qilgan.

ANDIJON MEHMONXONASI

ANDIJON MEHMONXONASI — Andijondagi zamonaviy bino. Oʻzbekiston davlat loyihalash in-tida ishlangan loyiha asosida milliy meʼmorlik anʼanalaridan foydalanib qurilgan (1967, meʼmori N. Hojibekov). Bino uch qavatli. Birinchi qavatda maʼmuriy va maishiy xizmat koʻrsatish xonalari, qahvaxona va b. xoʻjalik xonalari, ikkinchi va uchinchi qavatida mehmonlar uchun 200 oʻrinli xonalar joylashgan. Mehmonxona tepasiga ishlangan ustunli shiypon, bosh binoga … Читать далее

ANDAZA

ANDAZA (fors. — oʻlchov, qolip) — namuna, nusxa. Qogʻoz, karton va h. k. dan maxsus tayyorlanadi. Matodan kiyim, charmdan poyabzal bichish kabi ishlarda shakl koʻchirish uchun ishlatiladi. Andazaning turlari koʻp. Chunonchi: a) libos da old Andaza, orqa Andaza, yeng Andaza, yoqa Andaza, koʻkrak A. ;

ANGOR ECHKISI

ANGOR ECHKISI — echkining qimmatli serjun zoti. Angor echkisining vatani Turkmanistonning gʻarbi. Turkmanlarning bir qismi 13-a. da bu yerdan Kichik Osiyoga koʻchib borgan va natijada hoz. Turkiyaning Angora (Anqara) viloyati Angor echkisini urchitish markaziga aylangan. Bu zotning Angor echkisi deb atalishi ham shundan kelib chiqqan. 19 – a. dan AQSH, Afrikadagi ayrim mamlakatlar, Avstraliyada boqiladi. … Читать далее

ANGLIKAN ChERKOVI

ANGLIKAN ChERKOVI — Angliyadagi davlat cherkovi. Protestant cherkovlaridan biri. Uning diniy marosim va tashkiliy qoidalari boshqa protestant cherkovlariga qaraganda katolik cherkoviga yaqin turadi. Anglikan cherkovi 16 – a. ning 30 – y. lari ingliz qiroli Genrix VIII islohotlari natijasida vujudga keldi. Islohot cherkov yerlarini oʻzlariga qaratib olishga intilgan yuqori tabaqa bilan yangi yer aristokratiyasining manfaatlarini … Читать далее