ANDROGENEZ

ANDROGENEZ (yun. andros — erkak va… genez) — jinsiy koʻpayish xili. Bunda murtakning rivojlanishida faqat urugʻ hujayra yadrosi ishtirok etadi. Androgenez ayrim hayvonlar (mas, gabrobrakon yaydoqchilari) va oʻsimliklar (makkajoʻxori, tamaki)da tuxum hujayra yadrosi urugʻlanishidan oldin nobud boʻlganida (psevdogamiya) yoki tuxum hujayraning yadrosiz qismi urugʻlanganida (merogoniya) roʻy beradi. Tuxum hujayra yadrosiga fizik yoki kimyoviy yoʻl bilan taʼsir etish orqali sunʼiy Androgenezni paydo qilish mumkin. Androgenez natijasida hosil boʻlgan gaploid organizmning yashovchanligi past boʻladi. Diploid A. urugʻlangan tuxum hujayraning dastlabki boʻlinishi sitotomiyasini birga qoʻshish orqali olinadi. Androgenezdan irsiylanishda yadroning ahamiyatini tekshirish, gomozigot yoki bir jinsga mansub boʻlgan organizmlarni olish maqsadida foydalanish mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x