ANGLIKAN ChERKOVI

ANGLIKAN ChERKOVI — Angliyadagi davlat cherkovi. Protestant cherkovlaridan biri. Uning diniy marosim va tashkiliy qoidalari boshqa protestant cherkovlariga qaraganda katolik cherkoviga yaqin turadi. Anglikan cherkovi 16 – a. ning 30 – y. lari ingliz qiroli Genrix VIII islohotlari natijasida vujudga keldi. Islohot cherkov yerlarini oʻzlariga qaratib olishga intilgan yuqori tabaqa bilan yangi yer aristokratiyasining manfaatlarini yoqlashga qaratilgan edi. Islohotdan qirol hokimiyati manfaatdor boʻlib, asosiy maqsad A. ch. ni papa taʼsiridan ajratish edi. Qirol 1534-y. oʻzini ingliz cherkovining rahbari deb eʼlon qildi, bir oz vaqt oʻtgach, parlament roziligi b-n monastir yerlarini musodara qilib, yangi dvoryanlarga, qirol amaldorlariga va saroy ahllariga taqsimlab berib, bir qismini sotdi. Ammo yepiskop va cherkov yerlari musodara etilmadi, cherkov yirik yer egasi sifatida qolaverdi. Endi cherkovni qirol boshqaradigan boʻldi, u yepiskopni ham, ruhoniylarni ham oʻzi tayinlar edi. 17 – a. 40 – y. larida Angliya inqilobi davrida Anglikan cherkovi tugatilib, oʻrniga kalvinist presviterian cherkovi davlat cherkovi boʻlib qoldi. Bu ingliz burjuaziyasining manfaatlariga mos edi. Styuartlar 1660-y. hokimiyatni egallagach, Anglikan cherkovi qayta tashkil etildi. Angliyadagi Anglikan cherkovidan tashqari mustaqil Anglikan cherkovi Irlandiya, Uels, Shotlandiya, Kanada, AQSH, Avstraliya va b. baʼzi mamlakatlarda bor. A. ch. aʼzolarining umumiy soni 30 mln. ga yaqin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x