ANJIR SHAFTOLI

ANJIR SHAFTOLI, yangi anjir shaftoli — xalq seleksiyasida yaratilgan shaftoli navi (R. R. Shreder nomidagi i. t. in-tining Samarqand filialida bu navni Chempion navi bilan chatishtirish asosida A. S. Cherevatenko chiqargan yangi Anjir shaftoli navi koʻp tarqalgan). Tupi kuchli oʻsadi, daraxti oʻrtacha kattaliqda (4 —5 m), mart oxiri — apr. ning boshida (12 — 18 kun davomida) gullaydi. Guli ikki jinsli, qizgʻish, gulining 20 — 25% ni tutadi. Oʻzidan changlanuvchi nav. Mevasi tukli, anjirsimon — yassi (diametri 5 — 10 sm), ogʻirligi 80 — 100 g. Danagi mayda ham yassiroq, koʻpincha mevaning oʻrtasida koʻrinib turadi. Eti sersuv, muloyim, shirin. Avg. da pishadi. Sovuqqa chidamsiz, qishda 15 — 18° gacha, bahorda 4-6° sovuqqa bardosh beradi. Ekilgandan keyin 2 — 3 – yili mevaga kiradi, 6 — 8 yil yuqori, yaxshi agrofonda 16 y. gacha hosil beradi. Har tupidan 70 — 80 kg meva olish mumkin. Oʻzbekistonning deyarli barcha viloyatlarida ekiladi. Anjir shaftoli Eron, Afgʻoniston va Xitoyda ham uchraydi. Mevasi yangiligida yeyiladi, tarkibida 14,7% gacha qand, 0,26% kislota bor. Konserva va qoqi qilinsa ham boʻladi. Rixsivoy Joʻrayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x