ANBAR BIBI MAQBARASI

ANBAR BIBI MAQBARASI — Zangi ota majmuasi tarkibidagi maqbara. Toshkent yaqinidagi Zangi ota qishlogʻida barpo etilgan (15-a. boshlarida). Zangi ota maqbarasi qatori bu yodgorlik ham Amir Temur zamonasi meʼmorchilik anʼanasining yorqin namunasidir. Rivoyatlarga qaraganda, maqbara Zangi otaning xotini Anbar bibining qabri ustiga qurilgan. Maqbara ichidagi ikkinchi qabr Anbarbibining avvalgi qaynanasi Ulugʻposhshoniki. Anbar bibi maqbarasi keyingi … Читать далее

ANASTIGMAT

ANASTIGMAT — tasvirning faqat sferik va xromatik aberratsiya natijasida buzilib chiqishinigina emas, balki astigmatizm (optik tizimda tasvir nuqsonlaridan biri) hodisasini ham bartaraf qiladigan fotoobyektiv. Anastigmatda linzalar sifatli shishadan tayyorlanadi. Anastigmat texnik va badiiy fotografiyada, kinematografiyada keng ishlatiladi.

ANALOG HISOBLASH MASHINASI

ANALOG HISOBLASH MASHINASI — uzluksiz oʻzgaruvchi fizik kattaliklar (mexanik siljish, kuchlanish, tok kuchi, t-ra va b.)ning qiymatlari aniqlanadigan matematik masalalarning sonlarini shu miqdorlar bilan taqqoslaydigan hisoblash mashinasi. A. h. m. da natija mashinadagi oʻzgaruvchan fizik miqdorlarni oʻlchab aniqlanadi. Analog hisoblash mashinasining asosiy xususiyatlari: oʻzgaruvchan kattaliklar uzluksiz boʻladi; amallar parallel bajarilishi nati-jasida yuqori tezlikka erishiladi; yechiladigan … Читать далее

ANAL BEZLAR

ANAL BEZLAR — sut emizuvchi hayvonlarda teri bezlarining maxsus guruhi boʻlib, orqa ichak boʻshligʻiga yoki anal teshik yoniga ochiladi. Ter va yogʻ bezlaridan hosil boʻladi. Asosan sassiq modda chiqarib, dushmanlarini choʻchitishga yoki hayvon egallab turgan maydonni belgilashga xizmat qiladi.

AN GʻOʻZA NAVLARI

AN GʻOʻZA NAVLARI — Oʻzbekiston FA Oʻsimliklar eksperimental biol. si in-tida yaratilgan oʻrta tolali gʻoʻza navlari. «AN» indeksi ruscha «Akademiya nauk» («Fanlar Akademiyasi») suzlaridan olingan. Bu guruhdan r-nlashtirilgan navlar: AN-402 — yovvoyi Meksika gʻoʻzasini radiofosfor eritmasida ishlash usuli bilan chikarilgan (1974; N. Nazirov, F. Joniqulov, H. Qambarov, J. Dadajonov). 1978-y. dan r-nlashtirilgan. AN-Boyovut 2 — … Читать далее

AMFIBLASTULA

AMFIBLASTULA (yun. amphi – yaqinida, yonida va blastula) — ayrim ohakli bulutsimonlarning blastulaga oʻxshash lichinkasi. Amfiblastulaning animal va vegetativ qutblaridagi hujayralari birbiridan keskin farq qiladi. Amfiblastula bulutsimonlar parenximasida rivojlanib, suv oʻtkazuvchi naychalar orqali tashqariga chiqadi, suv tubiga yopishib, yosh bulut — olintusni hosil qiladi (q. Lichinka).

AMUDARYO XAZINASI

AMUDARYO XAZINASI, «Oʻkuz xazinasi» — mil. av. 4—2-a. larga oid zargarlik buyumlari majmuasi. 1877-y. Vaxsh va Panj daryolarining Amudaryoga quyilish yerida, Taxtiqubod kechuvi yaqinida topilgan, 179 oltin va 7 kumush buyum hamda oʻsha davrlarda zarb qilingan 1500 ta kumush va chaqa (asosan mil. av. 4-a. oxiri — 2-a. boshi) tangadan iborat. Oltin zeb-ziynatlar, bilaguzuk, uzuk, … Читать далее

AMPLITUDA-CHASTOTA XARAKTERISTIKASI

AMPLITUDA-CHASTOTA XARAKTERISTIKASI — elektr zanjiri orqali signallar uzatish jarayonida sinusoidal tebranish amplitudasining uning chastotasiga bogʻlanishi. Aloqa kanali, kuchaytirgich va elektr zanjirlarning ish sifatini koʻrsatuvchi muhim koʻrsatkich hisoblanadi. A.-ch. x. koʻpincha qisqacha qilibchastota xarakteristi kas i deyiladi. A.-ch. x. grafik koʻrinishida quyidagicha boʻladi: ordinata oʻqiga amplituda, abssissa oʻqiga chastota joylashtiriladi. Elektrotexnika, radioelektronika va tex-nikaning boshqa sohalarida … Читать далее

AMPER

AMPER (Ampere) Andre Mari (1775.22.1, Lion – 1836.10.6, Marsel) — fransuz olimi, elektrodinamika asoschilaridan biri, Parij FA aʼzosi (1814), Parijdagi Normal maktab prof. (1824). 1820-y. da elektr toklarining oʻzaro mexanik taʼsiri (Amper qonuni)nn kashf qilgan, tok taʼsirida magnit milining ogʻish yoʻnalishini aniqlaydigan «Qalqovich qoidasi»ni q(. Amper qoidasi) taʼriflab bergan, magnitlarning oʻzaro taʼsiri aylanma elektr toklarining … Читать далее

AMNEZIYA

AMNEZIYA (yun. a — inkor qoʻshimchasi va mneme — xotira, es) — xotiraning buzilishi; boʻlib oʻtgan voqea va kechinmalarni eslay olmaslik yoki chala eslash. Bosh miyaning shikastlanishi, tutqanoq, qattiq ruhiy iztirob va b. sa-bab boʻladi; A. ning quyidagi turlari farq qilinadi: anterograd Amneziya — odamning ruhiy kasallikka uchragandan keyingi hodisalarni esda saqlay olmasligi; avjlanuvchi Amneziya … Читать далее