GEOSTROFIK SHAMOL

GEOSTROFIK SHAMOL — (geo… va yun. strophe — burilish, aylanish) — ishqalanish kuchi boʻlmagan, gorizontal bosim gradiyent kuchi S bilan Yer aylanishining ogʻdiruvchi kuchi A muvozanatlashgan sharoitda havoning tekis va toʻgʻri chiziqli gorizontal harakati. Geostrofik shamol parallel toʻgʻri chiziqli izobaralar boʻylab Shim. yarim sharda bosim gradiyentidan oʻng tomonga va Jan. yarim sharda chap tomonga toʻgʻri … Читать далее

BETXOVEN

BETXOVEN (Beethoven) Lyudvig van [1770.16 (?).12, Bonn1827.26.3, Vena] — nemis kompozitori, pianinochi va dirijyor. Vena klassik maktabining vakili. 1792-y. da Venaga koʻchgan va tez orada oʻzining erkin va taʼsirchan, yangi ijro uslubi bilan isteʼdodli pianinochi, badihachiimprovizator sifatida tanilgan. Venada (1795—1800) yaratgan fortepiano konsertlari, 8«Patetik» fortepiano sonatasi, kvartetlari, 1simfoniyasi, «Prometeyning yaratmalari» baletidayoq Betxovenga xos, Buyuk Fransuz … Читать далее

ADAMS

ADAMS (Adams) (1722.27.9-1803.2.10) — Amerika siyosiy va davlat arbobi va publitsisti, Angliyaning Shim. Amerikadagi mustamlakalarida ozodlik kurashi tashkilotchilaridan biri. «Ozodlik oʻgʻlonlari» inqilobiy tashkiloti rahbari. 1-Kontinental kongressni (1774) chaqirish tashabbuskorlaridan. A. Bostonda Muxbirlar komitetini tuzdi (1772). Undan oʻrnak olib Angliyaning Shim. Amerikadagi xamma mustamlakalarida ham shunday tashkilotlar tuzildi. Bular inqilobiy kurash markazlari va mustaqillik urushi davri … Читать далее

VOYAGA YETMAGANLAR JAVOBGARLIGI

VOYAGA YETMAGANLAR JAVOBGARLIGI — 18 yoshga toʻlmasdan jinoyat sodir qilgan shaxslarning javobgarligi, jinoyat qonuniga binoan tayinlanadigan, qatʼiy cheklangan jazo turlari. OʻzR jinoyat qonunida voyaga yetmaganlar sodir etadigan jinoyatlarning oʻziga xos xususiyatlari va b. holatlari eʼtiborga olinib, alohida javobgarlik belgilangan. Bular: a) jarima; b) axloq tuzatish ishlari; v) qamoq; g) ozodlikdan maxrum qilish jazolaridan biridir. Ular … Читать далее

BETAZARRALAR

BETAZARRALAR (zarralar) — beta yemirilishda radioaktiv yadrolardan ajralib chikadigan elementar zarralar — elektronlar va pozitronlar. Betazarralar oqimi betanurlar deyiladi. Betazarralarni oʻrganish neytrino va elementar zarralar orasidagi kucheiz oʻzaro taʼsirlarning ochilishiga sabab boʻldi. Betazarralardan nur bilan davolashda foydalaniladi. Пост Навигацияси

GEOMETRIK ALMASHTIRISH

GEOMETRIK ALMASHTIRISH — toʻgʻri chiziq, tekislik yoki fazoni oʻzaro bir qiymatli akslantirish; maʼlum qonuniyat va qoidalarga asosan berilgan figuradan yangi figura hosil qilish. Mac, oʻq simmetriyasi yoki markaziy simmetriya — eng oddiy Geometrik almashtirish Uni quyidagicha taʼriflash ham mumkin. Maʼlum qoida asosida tekislikning har bir M nuqtasiga shu tekislikdagi aniq Af nuqta mos keltirilsa, tekislikdagi … Читать далее

ADABIY ALOQA

ADABIY ALOQA — adabiy-ijodiy munosabat. A. a. qadimdan mamlakatlar, xalqlar va buyuk ijodkorlarning oʻzaro hamkorligini, hamfikrligini taʼminlovchi omil boʻlgan. Hozirda Adabiy aloqaning adabiy haftaliklar, adabiyot va sanʼat oʻn kunligi, uchrashuvlar singari yangi shakllari mavjud. Adabiy aloqalar mushoira, tazmin, iqtibos kabi badiiy ijod shakllarida ham yaqqol namoyon boʻladi.

VORONEJ

VORONEJ — RFdagi shaxar, Voronej viloyatining markazi (1934-y. dan). Yirik t. y. tuguni, Voronej daryosining Don daryosiga quyilish joyidagi pristan. Aholisi 905 ming kishi (1999). V. Markaziy Qoratuproq iktisodiy r-nining asosiy industrial markazi va Rossiyaning yirik sanoat markazlaridan biri. Voronejda mashinasozlik (vagon tuzatish z-di, ekskavator, temirchilik-press uskunalari, foydali qazilmalarni saralash uskunalari, stanoksozlik, televizor va radiopriyomnik, … Читать далее

BESS

BESS — axomaniylarning Baqtriya va Sugʻdiyonadagi satrapi (hokimi). Axomaniylar naslidan. Mil. av. 333-y. Aleksandr qoʻshinlari bilan Doro III qoʻshinlari oʻrtasida boʻlgan Gavgamela jangoʻda Eron otliq lashkariga qoʻmondonlik qilgan. Eron qoʻshinlari yengilgach, B. Spitamen, Oksiart, Datafarn kabi lashkarboshilar hamda Doro III bilan birgalikda Sugʻdiyonaga chekinadi va qarindoshi Doro III ni xoinona oʻldirib, oʻzini axomaniylar davlatining oliy … Читать далее

GEOKRIOLOGIYA

GEOKRIOLOGIYA (geo… va…kriologiya) — Yer poʻstidagi muzlagan (toʻngan) qatlam (kriolitozona)ning tuzilishi, tarkibi, xossalari, kelib chiqishi, tarqalishi va rivojlanish tarixini, shuningdek ularning toʻngishi va erishi b-n bogʻliq jarayonlarning geofizik va geologik qonuniyatlarini hamda kriogen geologik jarayon va hodisalarni Urganadigan fan. Umumiy, regional va tarixiy, muzlagan togʻ jinslari termodinamikasi, togʻ jinslari, muzlagan togʻ jinslari va muzliklar, muhandislik, … Читать далее