VROSLAV

VROSLAV — Polshaning jan.gʻarbidagi shahar. Vroslav voyevodaligining maʼmuriy markazi. Odra daryosi boʻyidagi port. Aholisi 640 mingdan ziyod kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Vroslav yilnomalarda dastlab 980-y. da Breslavl nomi bilan tilga olingan. Bir necha asr nemislar qoʻl ostida (1945-y. gacha) Sileziyaning bosh shahri (Breslau) boʻlgan. Vroslav yirik sanoat shahri va muhim t. y. tuguni. Transport mashinasozligi, stanoksozlik, priborsozlik, elektrotexnika, oʻlchov asboblari, kimyo, toʻqimachilik, tikuvchilik, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Vroslavda un-t, ilmiy tadqiqot va politexnika in-tlari, yirik ilmiy kutubxona, opera teatri, muzeylar, botanika va hayvonot bogʻlari bor. Shaharda meʼmoriy yodgorliklar koʻp: bir necha cherkov, ratusha binosi (14—16a. lar) va b. saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x