BURUNDI

BURUNDI, Burundi Respublikasi (frans. Republique du Burundi) — Markaziy Afrikadagi davlat. Mayd. 27,8 ming km2. Aholisi 6,4 mln. kishi (1990-y. larning oxirlari). Poytaxti — Bujumbura sh. Maʼmuriy jihatdan 15 viloyatga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Burundi — respublika. Davlat boshligʻi — prezident. 1996-y. 25-iyuldagi davlat toʻntarishi natijasida 1992-y. gi Konstitutsiyaning amal qilishi va Millat majlisi hamda partiyalarning … Читать далее

VALUNLAR

VALUNLAR — 1) kattaligi turli tasniflarga koʻra 10, 25 yoki 50 sm dan katta boʻlgan togʻ jinsi boʻlaklari. Koʻpincha Valunlar kattaligining yuqori che-garasi 1 m gacha olinadi. Ayrim paytlarda Valunlar deb faqat silliqlangan va yumaloqlangan jins boʻlaklariga aytilgan. Valunlarlar dagʻal chaqikli togʻ jinslarining muhim tarkibiy qismi (valunlar, shagʻaltoshlar, konglomeratlar). Togʻliklardagi allyuviy, prolyuviy va muzlik jinslarida … Читать далее

BURMALASH

BURMALASH, gofrirlash (frans. gaufrer — burma shakl berish) — 1) taxta (list) materiallarning biqoligini (mustahkamligini) oshirish maqsadida ularni toʻlqinsimon va shakldor qilib yasash. Burmalar yarim doiraviy, trapetsiya, uchburchak shaklida hamda murakkabroq shakllarda boʻlishi mumkin. Burmalash presslarda yoki shakddor joʻvalar (valiklar)da amalga oshiriladi. Burmalangan materiallar va buyumlar mashinasozlik, qurilish va sanoatning boshqa sohalarida ishlatiladi, mas, asbestsementdan … Читать далее

BURJIY TAQVIM

BURJIY TAQVIM — 365 kunlik quyosh taqvimi. Sharq falakiyotshunoslari tomonidan ishlab chiqilgan (11-a.). B. t. oylari yulduz turkumlari nomi bilan atalgani uchun «burjiy» (yaʼni yulduz turkumlari — arabcha «burj» yoki hoz. tasavvurda astronomik taqvim) deb nom olgan (q. Burj). Пост Навигацияси

BURGANSOY RASMLARI

BURGANSOY RASMLARI — Nurota togʻ tizmasining jan. yon bagʻridagi Tasmachisoyning chap irmogʻi qoyatoshlariga ishlangan tasvirlar. Navoiy viloyati Xatirchi tumanы hududida. 1980-y. larda arxeolog M. Xoʻjanazarov tomonidan topilgan, oʻrganilmoqda. Tadqiqotchilarning fikricha, Burgansoy rasmlarining eng kad. lari mil. av. 2-ming yillikka mansub, mil. av. 6—1a. larga oidlari ham uchraydi. Rasmlar qattiq buyumlar bilan uriboʻyib, asosan soya, shakl … Читать далее

VAKUUMDA QUYISH

VAKUUMDA QUYISH — rangli metallar qotishmasi, asosan, nikel, titan va b. ning olovbardosh qotishmalaridan 40—0,3 Pa vakuumda quymalar olish. Bunday usulda olingan quymalarning zichligi va sifati yuqori boʻladi. Vakuumda quyish bilan shakldor quymalar olishning turli usullari qoʻllaniladi. Erigan metall ustida joylashgan metallni qolipga vakuumda soʻrish va uni atmosfera yoki yuqori bosim ostida kristallash, metallostatik bosimdan … Читать далее

BUNOSTOMOZ

BUNOSTOMOZ — kovsh qaytaruvchi hayvonlarda uchraydigan gelmintoz kasallik. Kasallikni mollarning ingichka ichagida parazitlik qiladigan Bunostomum trigonocephalum (qoʻy va echkilarda) va V. phlebitomum (qoramollarda) nematodalari quzgʻatadi. Ingichka ichakda yashaydigan urgʻochi nematodalar tuxumlari najas bilan tashqariga chiqadi va qulay sharoitlarda tuxumdan chiqqan lichinkalar 3—7 sutkada invazion bosqichga yetadi. Lichinkalar aksariyat hollarda teri orqali, shuningdek ozuqa va suv … Читать далее

BULGʻORLAR

BULGʻORLAR — 7-a. dan boshlab Oʻrta Volga boʻylarida yashagan turkiy qabilalar. 10—14-a. larda Bulgʻoriyaning asosiy aholisi. Ularning avlodlari — chuvashlar, Qozon tatarlari va b. (q. Volga bulgʻorlari). Пост Навигацияси