BUSH

BUSH Jorj Gerbert Uoker (1924.12.6, Milton sh., Massachusets shtati) — AQSHning 41-prezidenti (1989— 93). Respublikachilar partiyasidan saylangan. Vakillar palatasi aʼzosi (1960 — 70). 1971—75 y. lar turli diplomatik vazifalarda. Markaziy razvedka boshqarmasi direktori (1976— 77). AQSH vitseprezidenti (1981—89). Пост Навигацияси

VATTLAR

VATTLAR (nem. — Watten, gollandcha — wadden — sohil sayozliklari) — Boltiq, Oxota, Irlandiya dengizlari, Shimoliy dengiz va Oqdengizda, AQSH ning Atlantika okeani sohilida dengiz sathi koʻtarilganda suv bosadigan va dengiz suvi pasayganda ochilib qoladigan joylar. Dengiz suvi koʻtarilganda oqindi choʻkaverib, Vattlar asta-sekin koʻtarila boradi. Vattlar yer yuzasi oʻrnini teztez oʻzgartirib turuvchi novlar va dare … Читать далее

BUXORO NAMOZGOHI

BUXORO NAMOZGOHI — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Shaharning jan. chekkasida, qoraxoniylar sulolasining yozgi qarorgohi oʻrnida barpo etilgan (1119). Masjid pishiq gʻishtdan oddiy qilib qurilgan, atrofi baland devor bilan oʻralgan. 16-a. dagi taʼmir davrida masjid binosiga tutashtirib 3 toqili va ustunli peshayvon qurilgan. Tarhi toʻgʻri toʻrtburchak boʻlib, 3 asosiy xonadan iborat. Oʻrtadagi murabba tarxli xona yassi gumbaz … Читать далее

VASQ

VASQ — qad. hajm va mikdor oʻlchov birligi (17-a.); Sharqda don-dun yoki shunga oʻxshash sochiluvchan narsalarni oʻlchashda qoʻllanilgan. Vasq deganda «bir tuya yuk» yoki «bir ish hayvoniga ortilgan yuk» tushunilgan; Oʻrtacha 252,342 l hajmga teng boʻlgan; mas., 1 kg bugdoyning hajmi 1,2987 l boʻlsa, 252,342 l hajm 194,3 kg bugʻdoyga teng boʻladi. Пост Навигацияси

BUXORO VILOYAT QOʻGʻIRCHOQ TEATRI

BUXORO VILOYAT QOʻGʻIRCHOQ TEATRI — bolalar teatri. 1982-y. Buxoro sh. da tashkil etilgan. Oʻzbek va rus guruhlari mavjud. A. Abdullayev, G. Fayziyeva, N. Rahmatova, Sh. Jabborov, J. Baqoyev, A. Mirgʻiyosov, O. Safarov, V. Zubkovskaya, Ye. Vardasheva kabilar teatrning ilk ijodkorlaridir. Birinchi bosh rej. Shomurod Yusupov (1982 — 92). Teatr ijodkorlari xalq anʼanaviy qoʻgʻirchoq teatri tomoshalarini … Читать далее

VASIYAT MAJBURIYATI

VASIYAT MAJBURIYATI — fuqarolik huquqida vasiyat yuzasidan merosxoʻrlar zimmasiga muayyan shaxs (shaxslar) foydasini koʻzlab biron-bir majburiyatni yuklash. Oʻzbekiston Respublikasi FK boʻyicha vorislar jumlasiga kiradigan, shuningdek kirmaydigan shaxslar ham Vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchilar boʻlishlari mumkin. Bunday shaxslarga meros tarkibiga kiradigan ashyoni mulk qilib yoki boshqa ashyoviy huquq qilib berish, meros tarkibiga kirmaydigan molmulkni ular uchun … Читать далее

BUXKINO

«BUXKINO» — Oʻrta Osiyodagi birinchi kino tashkiloti. BXSR bilan Leningrad «Sevzapkino» tashkiloti oʻrtasidagi shartnoma asosida tashkil qilingan (1924.21.4). Badiiytashviqiy, ijtimoiyxronikal filmlar i. ch., ularni ijaraga olish, sotib olish, kinoteatrlar qurish va ishlatish kabi masalalar bilan shugʻullangan. «Buxkino» oʻz faoliyati davomida respublikada boʻlayotgan muhim voqealarni aks ettiruvchi «Buxoro madaniy qurilish yoʻlida», «Oʻrta Osiyo boʻylab», «Moskvada Buxoro … Читать далее

VARSHAVA SHARTNOMASI

VARSHAVA SHARTNOMASI — sobiq sotsialistik lager davlatlari — Albaniya, Bolgariya, Vengriya, Germaniya Demokratik Respublikasi, Ruminiya, SSSR va Chexoslovakiya oʻrtasida 1955-y. 14-mayda Varshavada Shim. Atlantika pakti (NATO)ga qarshi tuzilgan harbiy ittifoq. Varshava shartnomasi oʻz ustavida BMT Ustavining 51-moddasiga muvofiq, yakka va jamoa boʻlib, oʻz-oʻzini himoya etish toʻgʻrisidagi qoidaga asoslanib, Varshava shartnomasiga aʼzo davlatlar oʻrtasida doʻstlik, hamkorlik … Читать далее

BUFET

BUFET (frans. Buffet) — 1) idishtovoq, oziq-ovqat va ichimliklar saqlanadigan javon (shkaf); 2) yengil ovqatlar, ichimlik, qandolatlar sotiladigan doʻkon, kichik tamaddixona; korxonalar, oʻquv yurtlari, tomoshaxonalar, mehmonxonalarda tashkil etiladi. Mustaqil yoki oshxonarestoranlarga tegishli (ularning qoshida) boʻlishi mumkin. Пост Навигацияси