BUXORO NAMOZGOHI

BUXORO NAMOZGOHI — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Shaharning jan. chekkasida, qoraxoniylar sulolasining yozgi qarorgohi oʻrnida barpo etilgan (1119). Masjid pishiq gʻishtdan oddiy qilib qurilgan, atrofi baland devor bilan oʻralgan. 16-a. dagi taʼmir davrida masjid binosiga tutashtirib 3 toqili va ustunli peshayvon qurilgan. Tarhi toʻgʻri toʻrtburchak boʻlib, 3 asosiy xonadan iborat. Oʻrtadagi murabba tarxli xona yassi gumbaz b-n, yonlaridagi xonalar balxi gumbaz bilan yopilgan. Asosiy xonaga peshtoq, yonidagi xonalarga dalonyoʻlakdan kirilgan. Peshtoqqa girih naqsh ishlangan, Qurʼondan koʻchirilgan oyatlar bitilgan. Buxoro namozgohi meʼmorligida mehrob va uning atrofiga ishlangan koshinkori bezaklar alohida ajralib turadi. Unda Buxoro meʼmorligi va bezak sanʼatining anʼanalari oʻz ifodasini topgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x