GʻARIB Firuz Yusupovich

GʻARIB Firuz Yusupovich (1946.19.8. Samarqand) — immunolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1998), tibbiyot fanlari d-ri (1978), prof. (1983), SamTI davolash f-tini tugatgach (1970), shu in-tda oʻrganuvchi-tadqiqotchi, assistent, immunologiya boʻlimi mudiri (1970—76), Samarqand markaziy ilmiy lab. mudiri (1976—80), ToshTIning mikrobiologiya, virusologiya, immunologiya kafedrasi mudiri (1980—95). «Sogʻlom avlod uchun» nodav-lat xalqaro xayriya jamgʻarmasi direk-tori oʻrinbosari … Читать далее

GʻARBIY BENGALIYA

GʻARBIY BENGALIYA — Hindistonning sharqiy qismidagi shtat. Bengaliya qoʻltigʻi sohili, Gang daryosi del-tasining gʻarbiy qismini egallaydi. Mayd. 887 ming km2. Aholisi 80,2 mln. kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Kalkutta sh. Gʻ. B. dunyoda aholi eng zich joylashgan hududlardan. Relyefi allyuvial pasttekislik. Gʻarbiy qismida qirlar (bal. 300—400 m), shim. da Himolay togʻi tizmalari (eng baland joyi … Читать далее

GʻAYRATIY

GʻAYRATIY (taxallusi; asl nomi Abdurahim Abdullayev) (1902.15.2 — Toshkent — 1976.17.1) — Oʻzbekiston xalq shoiri (1972). Dastlab «Namuna» maktabi (1917—18) va oʻqituvchilar tayyorlash 2 yillik kursida (1918—19) oʻqigan. Toshkentdagi toʻliqsiz oʻrta maktabda oʻqituvchilik qilgach (1919 — 23), Bokuga borib, oʻqituvchilar seminariyasida tahsil olgan (1926). Toshkent q. x. mashinasozligi z-dida ishchi va adabiyot toʻgaragi rahbari (1928—31), … Читать далее

GʻOʻZA POYA KUYASI

GʻOʻZA POYA KUYASI (R1a1uyeyoga uSeIa .) — oʻyiqqanotli kuyalar oilasiga man-sub tur. Kapalaklarining qanoti yoyilganda 17 mm cha; old qanotlari och jigarrang, orqa qanotlari esa qoʻngʻirroq kulrang boʻlib, uzun hoshiyalar 6-n oʻralgan. Qurti xira oq rangda, uz. 11 mm cha, boshi qoramtir, qalqoni birinchi boʻgʻimda. Gʻumbagi jigarrang, tanasining oxirgi qismida uchi qay-rilgan kalta, yoʻgʻon tikani … Читать далее

GʻUNJAK GʻORI

GʻUNJAK GʻORI — Samarqand viloyati Narpay tumanidagi gʻor. Turitogʻning (Zirabuloq — Ziyovuddin togʻlari) jan. yon bagʻrida, 620 m balandlikda joylashgan. Devon davriga oid ohaktoshlarda hosil boʻlgan. Gʻorning kirish qismi Turitogʻning yon bagʻrida (quduq shaklida, diametri 1,5 m). Gʻunjak gʻori ichida, marmar oniksini qazib olish maqsa-dida, portlash ishlari natijasida vujudga kelgan (uz. 40 m li) shtolnya … Читать далее

GʻUZORDARYO

GʻUZORDARYO — Qashqadaryo viloyatidagi daryo. Qashqadaryoning chap irmogʻi. Uz. 86 km. Havzasining mayd. 3170 km2. Suv yigʻilish maydonining oʻrtacha balandligi 1532 m. Hisor tizmasining shim. garbiy yon bagʻridan boshlanadigan Katta Oʻradaryo va Kichik Uradaryolarning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Togʻlardan oqib chiqqach, tekislikdan oqib Qashqadaryoga quyiladi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 5,9 m:ʻ/sek. Eng koʻp suv sarfi 15,9 … Читать далее

GʻOZYAPROQ

GʻOZYAPROQ, tangayaproq — raʼnodoshlarga mansub koʻp yillik ildizpoyali oʻsimliklar turkumi. Asosan, Yevropa, Osiyo, Afrika va Amerikada 300 ga yaqin turi maʼlum. Oʻzbekistonda Sibir Gʻ. i (alximillasi) (A. zIztsa 2at.) turi oʻsadi. Boʻyi 80 sm gacha. Barglarining uz. 1,5—5 sm, eni 2,5—6,5 sm, buyraksimon yoki dumaloq buyraksimon, 7—9 boʻlakchali. Kosachasi 2 qavat, har qavatida 4 tadan … Читать далее

GʻIROT

GʻIROT, Gʻirkoʻk — «Goʻroʻgʻli» turkumi dostonlaridagi afsonaviy ot obrazi. Dostonlarda tasvirlanishi-cha, Goʻroʻgʻlini emizgan baytal bilan Xuroson koʻlidan chiqib kelgan aygʻir («suv oti»)dan urgʻochi qulun tugʻiladi. Goʻroʻgʻli bu qulunni tarbiyalab voyaga yetkazadi va uch yashar boʻlgach, Rayhon arabning tulporlaridan nasl oladi. Natijada Gʻirot tugʻiladi. U yetti kunlik boʻlganida, onasi oʻladi. Goʻroʻgʻli unga turli hayvonlar sutini berib … Читать далее

GʻIYOSIDDIN BOLBON

GʻIYOSIDDIN BOLBON, Ulugʻxon — gʻulomlar sulolasidan boʻlgan Dehli sultoni (1265 — 87). Dastlab Shamsiddin Eltutmishnint quli (gʻulomi) boʻlgan, soʻngra iqtidorli sarkarda darajasiga koʻtarilgan. 1246—65 y. larda sulton Nosiriddin Mahmud davrida amalda hokimiyatni boshqargan. Aud, Bengaliya va Pan-job noiblari ustidan gʻalaba qozonib Shim. Hindistonning butun hududini oʻz hukmronligi ostiga olgan. Qoʻshinning jangovarlik salohiyatini oshirgan. Harbiy xizmat … Читать далее