GʻIYOSIDDIN BOLBON

GʻIYOSIDDIN BOLBON, Ulugʻxon — gʻulomlar sulolasidan boʻlgan Dehli sultoni (1265 — 87). Dastlab Shamsiddin Eltutmishnint quli (gʻulomi) boʻlgan, soʻngra iqtidorli sarkarda darajasiga koʻtarilgan. 1246—65 y. larda sulton Nosiriddin Mahmud davrida amalda hokimiyatni boshqargan. Aud, Bengaliya va Pan-job noiblari ustidan gʻalaba qozonib Shim. Hindistonning butun hududini oʻz hukmronligi ostiga olgan. Qoʻshinning jangovarlik salohiyatini oshirgan. Harbiy xizmat majburiyatini oʻtamagan koʻplab zamindorlarning mulklarini tortib olgan, bu bilan yerlarni davlat ixtiyoriga oʻtishini mustahkamlagan. Xalqharakatlarini beshafqat bostirgan. 1286-y. Panjobga bostirib kirgan moʻgullarni quvib yuborgan va davlatning shim.-gʻarbiy chegaralarini koʻplab qalʼalar qurdirish yoʻli bilan mustahkamlagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x