BOZOR SEGMENTI

BOZOR SEGMENTI (lot. segmentum — qism) — bozorning sotiladigan tovarlar turi, hududiy joylashuvi, xaridorlarning toifasi va ijtimoiy qatlamlari kabi belgilarga koʻra alohida qismlarga ajralishi. Bozorni segmentlarga ajratishda aholining xarid qobiliyati, yashash sharoiti, yoshi va jinsi, qaysi tovarlarni afzal koʻrishi, kishilarning mehnat faoliyati, turmush tarzi, inflyatsiya darajasi, bozor infratuzilmasi va b. belgilar asosiy omil boʻlib xizmat … Читать далее

VAQTINCHA MEHNATGA QOBILIYATSIZLIK

VAQTINCHA MEHNATGA QOBILIYATSIZLIK — xodimning sogʻligʻiga koʻra nisbatan qisqa muddat davomida ishni bajara olmasligi. OʻzRda mehnat qobiliyati muttasil yoʻqolib, bemorning mehnat faoliyatini umuman yoki uzoq muddatga toʻxtatish yoki mehnat sharoitlarini jiddiy ravishda oʻzgartirishga olib kelgan taqdirda, xodimga Tibbiy mehnat ekspertiza komissiyasi tomonidan nogironlik belgilanadi. Xodimlarning, shuningdek mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan … Читать далее

VOHID

VOHID Abdurahmon (1940.4.8, Jom-bang) — Indoneziya prezidenti. Jombangdagi islom maktab-internati (1964), Qohiradagi Al-Azhar un-ti va Bagʻdod un-ti (1970)ni tugatgan. Mehnat faoliyatini Jombang islom maktabida muallimlikdan boshlagan. 1972-y. dan Jombangdagi Hoshim Ashuari un-tining ilohiyot f-tida lektor va dekan, 1974— 84 y. larda Jombang, soʻngra Jakartadagi islom internat maktabi direktori; ayni vaqtda Naxdat ul-Ulamo nohukumat islom tashkiloti … Читать далее

BOYZOQ DODXOH

BOYZOQ DODXOH, Boyzoqbiy (1789—1864) — Avliyoota atrofidagi qozoqlarni boshqarish uchun Qoʻqon xoni tomonidan tayinlangan hokim (dodxoh). Katta juz tarkibidagi duglat qabilasining shimir urugʻidan. Qoʻqon xonligiga qarshi kayfiyatda boʻlgan Boyzoq dodxoh yashirincha oʻgʻli Oqmolda (Oqmulla) botir sarkorligidagi 1000 ta yigitni Avliyoota yaqinida turgan rus qoʻshinlariga yordamga yuborgan (1864). Bundan xabar topgan Qoʻqon xonligi amiri lashkari Alimqul … Читать далее

VETERAN

VETERAN (lot. veteranus, vetus — keksa soʻzidan olingan) — 1) Qad. Rimda armiya xizmatini oʻtab boʻlgan soldat. V. larga yer ajratilgan (Italiya yoki uning provinsiyalarida) yoki pul mukofoti, shuningdek Rim fuqarosi huquqi berilgan, ular har xil majburiyatlardan ozod etilgan; 2) keksa jangchi, oʻtmishdagi urush qatnashchisi; 3) biror sohada uzoq yil ishlagan yoki xizmat qilgan kishi … Читать далее

VAQTNI TEJASH QONUNI

VAQTNI TEJASH QONUNI — ijtimoiy i. ch. samaradorligini oshirib borish manbai va usulini tavsiflaydigan umumiy iqtisodiy qonunlardan biri. Vaqtni tejash qonuni mehnatni, ish vaqtini tejash, shuningdek ish paytida vaqt omilining qadrlanishini bildirib. ilgʻor texnika va texnologiyani joriy etish evaziga mahsulot i. ch. ga ketgan vaqt tejalib, mehnat unumdorligining oʻsishida namoyon boʻladi. Vaqtni tejash qonuni mazmuni … Читать далее

VYETNAM

VYETNAM, Vyetnam Sotsialistik Respublikasi (Cond Hoa Xa Hoi Chu Nghia Viet Nam) , BCP – Jan.-Sharqiy Osiyoda, Hindixitoy ya. o. dagi davlat. Mayd. 330 ming 991 km2. Axoliyey 76,3 mln. kishi (1999). Maʼmuriy jihatdan 63 viloyat (tin) va markazga boʻysunuvchi 4 shahar — Xanoy, Xoshimin (sobiq Saygon) Xayfon va Xyuega boʻlinadi. Poytaxti — Xanoy sh. … Читать далее

VAN GOG

VAN GOG (van Gogh) Vinsent (1853.30.3, Grot-Zyundert, Gollandiya — 1890.29.7, Over-syur-Uaz. Fransiya) — golland rassomi, postimpressionizmning yetakchi namoyandasi. Bryussel (1880-81) va Antverpen (1885-86) dagi BAda, Parijdagi xususiy studiyada (1886—88) oʻqigan. Van Gog ijodi Yevropa madaniyatidagi murakkab burilish davrini oʻzida aks ettirdi. 1880-y. larning 1-yarmida qoramtir, xira ranglarda mehnat axli (xususan shaxtyorlar, dehqonlar, hunarmandlar) ga hamdardlik … Читать далее

VRACH

VRACH (rus.) — oliy maʼlumotli tibbiyot xodimi; ogʻzaki nutqda «doktor» (lot.) V. maʼnosini anglatadi (mahalliy talaffuzda «doʻxtir» deyiladi). Vrach faoliyati bemorlarni davolash va kasalliklarning oldini olish choralarini koʻrishdan iborat. Vrach shifokor burchi haqidagi tushunchani ham oʻz ichiga oladigan vrachlik etikasi (q. Tibbiyot deontologiyasi)t& amal qiladi. Birinchi shoshilinch tibbiy yordam berish — V. burchlaridan biridir. Vrachlar … Читать далее

VAQT BYUDJETI

VAQT BYUDJETI, aholining vaqt byudjeti — ayrim xodimlar va ular oilasi hamda muayyan aholi guruhlarining oʻz vaqtini nimalarga (mas., mehnat qilish, dam olish, oʻqish va b.) sarflashini ifodalovchi koʻrsatkichlar majmui. Vaqt byudjeti 2 ga boʻlinadi: 1) ish vaqgi (haqiqiy ish vaqti, unumsiz xatti-harakatlar, ishdagi belgilangan tanaffuslar, smena qabul qilish hamda topshirishga ketgan vaqt va h. … Читать далее