AʼZAMXOʻJAYEV Saidmagʻruf Magʻrupovich

AʼZAMXOʻJAYEV Saidmagʻruf Magʻrupovich (1917.5.11, Toshkent) — jarroh, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1972), tibbiyot fanlari d-ri (1975), prof. (1976). Toshkent davlat tibbiyot in-ti sanitariya-gigiyena, ke-yin stomatologiya ftida jarrohlik kasalliklari kafedrasi mudiri (1976 — 91). 1991-y. dan prof.-konsultant. Ilmiy ishlari asosan jarrohlik masalalari, gastroduodenal qon oqishlar, meʼda va oʻn ikki barmoq ichak yarasi teshilishi, oʻtkir appenditsit, xoletsistit va pankreatitlar, chandiq kasalligi, «oʻtkir qorin» va b. ga oid. Aʼzamxoʻjayev portal gipertenziya va jigar sirrozi, shuningdek oʻpka silini jarrohlik yoʻli bilan davolash usullarini ish-lab chiqqan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x