ATETOZ

ATETOZ (yun. athetos — vaziyatsiz) — ka-lavlanib yurish. Qoʻl, oyoq, hatto yuz va til muskullarining uzluksiz chuvalchangsimon qimirlab, buralib qisqarishi. Asosan qoʻl-oyoq barmoqlarida uchraydi. Atetoz miyaga qon quyilgandan keyin, miya oʻsmasida, baʼzan tutqanoq tutganda, bosh miyaning ekstrapiramid doiralariga qarashli toʻqimalarida (striar sistema) roʻy beradi. Atetozda panja muskullarining tonusi oshib ketadi va chuvalchangsimon harakatda boʻladi. Mas, bir barmoq bukilsa, ikkinchisi yozila boshlaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x