AUYESKI KASALLIGI

AUYESKI KASALLIGI, soxta quturish kasalligi (venger vrachi A. Auieszky nomidan) — hayvonlarda markaziy nerv sistemasi va nafas organlarining shikastlanishi belgilari bilan oʻtadigan virusli yuqumli kasallik. A. k. b-n barcha sut emizuvchilar va qushlar kasallanadi. Kasallik ayniqsa, darrandachilik va choʻchqachilik xoʻjaliklariga katta zarar keltiradi. Auyeski kasalligi, asosan, ot, choʻchqa, qoramol, qoʻy-echki va itlarda yilning hamma faslida uchraydi. Kasallik koʻproq kemiruvchilar va etxoʻr (yirtqich) lar orqali tarqaladi; choʻchqalarga boshqa kasal hayvonlardan bevosita ham yuqadi. Viruslar qon va limfa bilan butun organizmga tarqaladi. Auyeski kasalligining inkubatsiya davri 1—8 kun. Kasallangan hayvon toʻsatdan lohas boʻladi, harorati koʻtariladi, ovqat yemay qoʻyadi, qichinadi, qoramol oz qoʻy-echkilardan koʻp soʻlak oqadi, halloslaydi, yurak urishi tezlashadi, mudrab yuradi va 3—5 kundan soʻng halok boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x