YORUGʻLIK

YORUGʻLIK — inson koʻzi sezadigan (tebranish chastotasi 4,0Yu14—7,5Yu14 Gs) elektromagnit toʻlqinlar. Bu vakuumdz. toʻlqin uzunligi ~ 400 Nm dan ~ 760 Nm gacha boʻlgan toʻlqinlar uzunligiga moye keladi. Spektrning infrakizil nurlanish va ultrabinafsha nurlanish sohalari ham Yorugʻlik deb ataladi. Spektrning infraqizil nurlanish sohasi bilan rentgen nurlari orasida keskin chegara yoʻq. Turli yoritqichlar (Quyosh, yulduzlar, elektr … Читать далее

YAPONIYA

YAPONIYA (yaponcha Nippon, Nixon) — Sharqiy Osiyoda, Tinch okeandagi orollarda joylashgan davlat. Ya. hududida 6,8 mingga yaqin orol boʻlib, shim. sharqdan jan. gʻarbga qariyb 3,5 ming km ga choʻzilgan; eng yirik orollari: Xokkaydo, Xonsyu, Sekoku va Kyusyu. Shim. dan Oxota dengizi, sharq va jan. sharqdan Tinch okean, gʻarbdan Yapon va SharqiyXitoy dengizlari bilan oʻralgan. Mayd. … Читать далее

YANGI VENA MAKTABI

YANGI VENA MAKTABI, Ikkinchi Vena maktabi — A. Shyonberg va uning shogirdlari A. Berg, A. Vebern, E. Velles, X. Eysler va boshqalarning hamkorligi natijasida Venada qaror topgan ijodiy yoʻnalish, musiqiy modernizm koʻrinishlaridan biri. 20-asrning 1-yarmida Gʻarbiy Yevropada yuz bergan ijtimoiy va madaniy inqiroz (1 va 2-jahon urushlari, fashizm, maʼnaviymadaniy qiymatlarning qadrsizlanishi va boshqalar) Yangi Vena … Читать далее

YAXSHILIK VA YOMONLIK

YAXSHILIK VA YOMONLIK — axloq shunoslik fanining juft tushunchasi. Odamlarning xatti-harakatlariga, ijtimoiy hodisalarga berilgan ijobiy yoki salbiy bahoni ifodalaydi. Yaxshilik — eng muhim fazilat boʻlib, inson faoliyatining asl va azaliy mohiyatini anglatadi. U insonga kuchli ruhiy lazzat bagʻishlashi barobarida, uni shaxsga aylantiradigan haqiqiy baxtga olib boradi. Shuning uchun ham «ezgu (yaxshi) fikr», «ezgu (yaxshi) soʻz», … Читать далее

YILLIK MAROM

YILLIK MAROM, mavsumiy marom — biologik jarayonlar va hodisalar intensivligi hamda xarakterining yillik davriy takrorlanib turishi bilan bogʻliq boʻlgan oʻzgarishlar; qutblardan tortib to tropik zonalargacha boʻlgan hududlardagi barcha organizmlarda kuzatiladi. Tashqi muhit sharoitining kun uzunligi bilan birga oʻzgarishi Yillik marom uchun asosiy signal boʻladi (q. Fotoperiodizm). Biologik jarayonlarning yillik takrorlanib turishi tur uchun muhim boʻlgan … Читать далее

DAVLAT TASARRUFIDAN CHIQARISH

DAVLAT TASARRUFIDAN CHIQARISH — davlat korxonalarini jamoa, ijara korxonalariga, aksiyali jamiyatlarga, masʼuliyati cheklangan jamiyatlarga, davlatga qarashli mulk boʻlmagan boshqa korxonalarga aylantirish. Mulkni Davlat tasarrufidan chiqarish (yoki xususiylashtirish) davlat korxonasi asosida xususiy va aralash mulk shakllarini vujudga keltirishda namoyon boʻladi. SSSR parchalanganidan keyin Sharqiy Yevropa va MDH davlatlarida bozor iqtisodiyotiga oʻtishda Davlat tasarrufidan chiqarish iqtisodiy islohotlarni … Читать далее

GʻAYRISHUURIYLIK

GʻAYRISHUURIYLIK — subyekt ongida namoyon boʻlmaydigan psixik jarayonlar majmui. Bir qancha psixologik nazariyalarda ruhiyatning sifat jihatidan ongdan keskin farqlanuvchi alohida sohasi deb talq-in qilinadi. Nemis faylasufi E. Gartman (1842— 1906)ning irratsi-onalistik Gʻ«. falsafasi»da Gʻayrishuuriylik bor-liqning universal asosidir. Z. Freydnit psixoanalizi va b. psi-xologik oqimlardagi asosiy tushun-chalardan biri. K. G. Yungning «Tax-miniy psixologiya» asarida shaxs gʻayrishuuriyligi … Читать далее

GʻAFUROV

GʻAFUROV Mahmudjon (1917.20.10 — Toshkent — 2000.5.1) — xonanda (tenor), aktyor. Oʻzbekiston xalq artisti (1950). 1939-y. dan Muqimiy teatrida aktyorxonanda. shuningdek, Navoiy teatri yakkaxon xonandasi (1951 — 53). Muqimiy teat-rida sahnalashti-rilgan musiqali dramalarda Tohir (T. Jalilov, «To-hir va Zuhra»), Alpomish (T. Jalilov, «Alpomish»), Haydar (T. Jalilov, «Nurxon»), Subhonqul (S. Boboyev, «Vatan ishqi»), Tursunali (M. Leviyev, … Читать далее

BIOMETEOROLOGIYA

BIOMETEOROLOGIYA — ekologiyaning boʻlimi; atmosfera muxitining geofizik va kimyoviy omillari bilan tirik organizmlar oʻrtasidagi bevosita va bavosita aloqalarni hamda iqlim va obhavo b-n tirik organizmlar oʻrtasidagi oʻzaro taʼsirni oʻrganadi. Oʻsimliklar B. si, hayvonlar B. si va odam B. siga boʻlinadi. Oʻsimliklar Biometeorologiyasi atrof muhit barcha komponentlarining ham tabiiy sharoitlarini, ham odamning oʻsimliklar olamiga koʻrsatadigan turli … Читать далее

VIRUSLI GEPATIT

VIRUSLI GEPATIT — oʻtkir yuqumli kasallik; jigar hujayralarining zararlanishi, umumiy intoksikatsiya belgilari, teri va shilliq qavatlarning sargʻayishi, peshobning toʻq sariq yoki «pivo»ga oʻxshash, najasning oqimtir tusga (gilvata rangiga) kirishi, jigar, baʼzan taloqning ham kattalashishi bilan ifodalanadi. Virusli gepatit deganda bir-biriga oʻxshash olti xil gepatit tushuniladi, bular A, V, S, D, Ye, G viruslari qoʻzgʻatadigan kasalliklardir. … Читать далее