QOʻSHKOʻPIR TUMANI

QOʻSHKOʻPIR TUMANI – Xorazm viloyatidagi tuman. 1936-y. 17 apr. da tashkil etilgan. 1962-y. 14 dek. Da Xiva tumaniga qoʻshib yuborilgan. 1966-y. 9 yanv. da qayta tashkil etilgan. Shim. dan Shovot, shim.-sharq va sharqdan Urganch tumanlari, jan. dan Xiva tumani, gʻarbdan Turkmaniston bilan chegaradosh. Mayd. 0,54 ming km2. Aholisi 128,7 ming kishi (2005) . Tumanda 1 shaharcha (Qoʻshkoʻpir), 12 qishloq fuqarolari yigʻini (Kenagas, Oqdarband, Xonobod, Xosiyon, Shixmashhad, Yangilik, Oʻzbekyop, Oʻrtayop, Qatagʻon, Gʻozovot, Hadra, Hayrobod) bor. Tuman markazi — Qoʻshkoʻpir shaharchasi.

Tabiati. Tuman hududi, asosan, tekislik. Iqlimi keskin kontinen-tal. Qishning eng sovuq oyi (yanv.)da oʻrtacha t-ra —5°, eng past t-ra —32°. Yozning eng issiq oyi iyulning oʻrtacha t-rasi 33°, eng yuqori t-ra 42°. Vegetatsiya davri 192 kun. Yillik yogʻin 50—100 mm. Tuman hududini kesib oʻtgan Kattakoʻl, Dovdon, Dovudkoʻl magistral kollektorlari va ularga tutashgan kollektordrenaj shoxob-chalari ishlab turibdi. Tuprogʻi oʻtloqi tuproq. Yovvoyi oʻsimliklardan jiyda, turangʻil, yulgʻun; yovvoyi hayvonlardan chiyaboʻri, quyon uchraydi.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, turkman, eroniy, rus, tatar, koreys va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 239 kishi. Shahar aholisi 16,9 ming kishi (2005). Qishloq aholisi 111,8 ming kishi.

Xoʻjaligi. Tumanda paxta tozalash, silikat gʻisht z-dlari, MTP, avtokorxonalar, qurilish tashkilotlari, tikuvchilik va gilamchilik sexlari ishlab turibdi. Kichik va oʻrta biznes korxonalari, mikrofirmalar va b. faoliyat koʻrsatadi.

Qoʻshkoʻpir tumani, asosan, paxtachilik va gʻallachilikka ixtisoslashtan. Dehqonchilik, chorvachilik, pillachilik, bogʻdorchilik, balikchilik ham rivojlangan. 1 ijara xoʻjaligi, fermer xoʻjaliklari, 1 aksiyadorlik jamiyati, «Qushkoʻpir par-randa», «Qoʻshkoʻpirpilla» masʼuliyati cheklangan jamiyatlar, «Qoʻshkoʻpir-asalarichilik» jamoa korxonasi bor (2005). Jami 27,7 mint ga ekin may-donnint 13,3 ming gektariga paxta, 5,3 ming gektariga gʻalla, 370 gektariga kartoshka, 800 gektariga sabzavot; shuningdek, poliz, ozuqa ekinlari ham ekiladi (2005). Mevazor, tutzorlar bor.

Qoʻshkoʻpir tumani dagi jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarda 54,5 ming^Qoramol (shu jumladan, 22,9 ming sigir), 55,1 ming qoʻy va echki, 163 ming parranda boqiladi (2005). Asalarichilik va pil-lachilik bilan ham shugʻullaniladi.

Tumanda 55 umumiy taʼlim, bolalar musiqa va sport maktablari, kasb-hunar kollejlari bor. Tuman markaziy kutubxonasi va uning 35 tarmogʻi, madaniyat uylari, 15 madaniyat muassasasi, madaniyat va istirohat bogʻi (2005). stadion, sport zallari va b. sport inshootlari mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi (430 oʻrin), poliklinika, tugʻruqxona, 4 tish davolash poliklinikasi punktlari, dorixonalar va b. tibbiy muassasalarda 216 vrach aholiga xizmat koʻrsa-tadi (2005). Qoʻshkoʻpir tumani markazi Qoʻshkoʻpir shaharchasidan Xiva, Urganch va b. shaharlarga avtobus va marshrutli taksilar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Meʼ-moriy yodgorliklardan Imorat bobo meʼmoriy majmuasi (14— 18-a. lar) saqlangan. 1941-y. dan «Hayot koʻzgusi» tuman gaz. chop etiladi.

Kolia Nurjonov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x