JIGAR SIRROZI

JIGAR SIRROZI — jigarning surunkali rivojlanib boradigan kasalligi; bunda jigar toʻqimasi yalligʻlanib, uning bir qismi biriktiruvchi toʻqima b-n almashinadi. Jigarning oʻtkir yalligʻlanishi — gepatitda, uning V, S, D shakllarida, oʻtkir gepatit surunkali gepatitga aylanayotganda, bezgak, sil, zaxm, brutsellyoz kabi yuqumli kasalliklarda, oʻt pufagi va oʻt yoʻllarining surunkali yalligʻlanishida, turli kimyoviy moddalardan muntazam zaharlanishda, shuningdek, alkogolizmda … Читать далее

QIMIZ BILAN DAVOLASH

QIMIZ BILAN DAVOLASH — qimizni davo sifatida iqlim bilan davolash (klimatoterapiya) bilan birga qoʻllash. U sigir sutiga nisbatan yengil hazm boʻlishi va soʻrilishi bilan ajralib turadi. Qimizning tibbiy jihatdan foydali ekanligi oʻrganilgan. Darmonsizlik, kamqonlik, meʼda-ichak, asab tizimi kasalliklari, sil va b. da davo maqsadida qimizdan foydalaniladi. U ishtahani ochadi, meʼda sekretsiyasini kuchaytiradi va ovqatni ichaklarda … Читать далее

YOT JISMLAR

YOT JISMLAR — teri, quloq, burun, koʻz va b. orqali organizmga tasodifan kirib, toʻqimalar, aʼzolar va boʻshliqlarda turib qolgan narsalar (oʻq, nina, zirapcha va h. k.). Turmushda organizmga koʻpincha mayda Yot jismlar — nina yoki uning bir boʻlakchasi, zirapcha, shisha va b. kirib ketishi mumkin. Organizmga kirib qolgan, lekin infeksiya yuqmagan Yot jismlar toʻqimalarda «chandiklanib», … Читать далее

YALLIGʻLANISHGA QARSHI DORILAR

YALLIGʻLANISHGA QARSHI DORILAR — yalligʻlanish jarayonini susaytirishda qoʻllaniladigan dorilar; ular sirtga, ogʻiz orqali, rektal va inyeksion qoʻllash uchun moʻljallangan boʻlib, deyarli barcha dori shakllari holida ishlab chiqariladi. Yalligʻlanishga qarshi dorilarni qoʻllash yalligʻlanish jarayoni qaysi aʼzoda kuzatilayotganligi, uning patogenezi va boshqalarga bogʻliq. Farmakologik faol birikmalarning turli guruhlariga mansub koʻpgina dori vositalari yalligʻlanishga qarshi taʼsirga ega, ular … Читать далее

DEZINFEKSIYA

DEZINFEKSIYA (dez… va infeksiya) , yuqumsizlantirish — yuqumli kasalliklarni qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlar (bakteriyalar, viruslar va b.)ni yoʻq qilish. Keng maʼnodagi Dezinfeksiyaga odam bilan hayvonlar uchun zararli hasharotlarni yoʻq qilish — dezinseksiya va zararli kemiruvchilarni yoʻq qilish — deratizatsiya ham kiradi. Profilaktik, kundalik, yakunlovchi Dezinfeksiya boʻladi. Profilaktik Dezinfeksiya yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida uy anjomlari, idish-tovoklarni, jamoat … Читать далее

OGʻIZ BOʻSHLIGʻI SANATSIYASI

OGʻIZ BOʻSHLIGʻI SANATSIYASI — ogʻiz kasalliklarining oldini olish va ularni yoʻqotishga qaratilgan choratadbirlar. Bular tishlarni davolash va plombalash (bu keyinchalik tish chiri-shi va asorati — pulpit hamda peri-odontitning oldini oladi), tishning mexanik shikastlanishiga yoʻl qoʻymaslik; tish-jagʻ sohasi va tish nuqsonlarini oʻz vaqtida bartaraf etishdan iborat. Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda (yiliga 2-marta), kasbga alo-qador zarari … Читать далее

NEFROPTOZ

NEFROPTOZ (yun. nephros — buyrak, ptosis — qulash, tushib ketish) — gavdaning holatini oʻzgartirganda buyrakning oʻz fiziologik harakatlanishidan ortiq siljishi bilan kechadigan patologik holat. Koʻproq ayollarda uchraydi. Nefroptozning rivojlanishida buyrakning bogʻlovchi apparatidagi oʻzgarishlarga olib keluvchi omillar (yuqumli kasalliklar, ozish) va qorin oldingi devori tonusining susayishi (xrmila-dorlik va b. sababli) ahamiyatga ega. Nefroptozning yuzaga kelishiga shikastlanishlar … Читать далее

LEPTOSPIROZLAR

LEPTOSPIROZLAR — odam va hayvonlarda uchraydigan oʻtkir infeksion kasallik; zoonoz kasalliklar guruhiga kiradi. Leptospiralar qoʻzgʻatadi, ularning 10 dan ortiq serologik guruxlari mavjud. Leptospiralar nam sharoitda uzok, yashaydi, past haroratga chidamli. Kasallikning tabiiy, xonaki va aralash oʻchoqlari bor. Tabiiy oʻchoqlarda, asosan, kemiruvchilar, uy sharoitida esa qoramol va qoʻy-echkilar, choʻchqa hamda kalamush va sichqonlar infeksiya manbai hisoblanadi. … Читать далее

OVQATDAN ZAHARLANISH

OVQATDAN ZAHARLANISH — mikroblar bilan zararlangan oziq-ovqat mahsulotlari isteʼmol qilinganda vujudga keladigan kasallik. Aksariyat birdan koʻpchilik kasallanadi, lekin bemorlardan sogʻlom odamga yuqmaydi. Koʻpincha stafilokokklar, enterokokklar, ayrim ichak tayoqchalari, protey, sitrobakter, iyersiniya, klostridiya va b. mikroblar sabab boʻlishi mumkin. Quyidagi 2 holat Ovqatdan zaharlanish uchun umumiy hisoblanadi: 1) mikrob tushib koʻpaygan ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilish oqibati; … Читать далее

OTIT

OTIT (yun. otos — quloq, itis — yalligʻlanish) — quloqning yalligʻlanishi. Tashqi quloqning yalligʻlanishi tashqi. Otit, oʻrta quloqning yalligʻla-nishi oʻrta Otit va ichki quloqning yalligʻlanishi labirintit deyiladi. Tashqi Otitga tashqi eshituv yoʻliga infeksiya kirishi, shuningdek, qashinib yoki hasharot chaqib yaralanishi, kuyish, sovuq urishi, shpilka yoki barmoq bilan quloq kovlash va x. k. sabab boʻladi. Oʻrta … Читать далее