OTIT

OTIT (yun. otos — quloq, itis — yalligʻlanish) — quloqning yalligʻlanishi. Tashqi quloqning yalligʻlanishi tashqi. Otit, oʻrta quloqning yalligʻla-nishi oʻrta Otit va ichki quloqning yalligʻlanishi labirintit deyiladi.

Tashqi Otitga tashqi eshituv yoʻliga infeksiya kirishi, shuningdek, qashinib yoki hasharot chaqib yaralanishi, kuyish, sovuq urishi, shpilka yoki barmoq bilan quloq kovlash va x. k. sabab boʻladi.

Oʻrta Otit koʻpincha yosh bolalarda uchrab, birmuncha ogʻir kechadi, quloq qat-tiq ogʻriydi, harorat koʻtariladi, eshi-tish ancha pasayadi, miya va uning pardasiga asorat berishi mumkin. Oʻrta Otitga aksariyat yuqori nafas yoʻllarining yalligʻlanishi b-n kechadigan infeksi-on kasalliklar: gripp, oʻtkir respirator kasalliklar, qizamiq, skarlatina va b. sabab boʻladi. Oʻrta Otitda vrach tav-siyasi boʻyicha kompress qilinadi; u ogʻriqni pasaytiradi va nogʻora boʻshli-gʻidagi yalligʻlanish soʻrilib ketishiga imkon beradi. Oʻrta quloq yalligʻlani-shining oldini olish uchun organizmni chiniqtirish, servitamin ovqatlar is-teʼmol qilish (q. Ovqatlanish), fizkultura va sport bilan shugʻullanish lo-zim. Tamaki chekish va alkogolga ruju qilish oqibatida nafas yoʻllarining surunkali yalligʻlanishi keyinchalik oʻrta quloqqa ham oʻtishi mumkin. Tumov boʻlganda burunni toʻgʻri qoqa bilish ham oʻrta Otitning oldini olishda ayniqsa muhim. Oʻz vaqtida toʻgʻri davo qilinsa, bemor butunlay tuzalib ketadi, eshitish qobiliyati oʻz holiga qaytadi. Baʼzan soʻrgʻichsimon oʻsiq kataklari va ular oraligʻidagi toʻsiqlarning yalligʻlanishi (q. Quloq) kabi asoratlar yuzaga kelishi yoki kasallik surunkali shaklga oʻtishi mumkin.

Surunkali Otitda vaqt-vaqti bilan yiring oqib turadi, eshitish qobiliyati pasayadi. Surunkali Otitga xos alomatlar paydo boʻlishi bilan darhol vrachga murojaat etish lozim. Oʻz vaqtida davo qilinmasa, meningit, sepsis, hatto miya toʻqimasi abssessы kabi asoratlar roʻy beradi. Oʻrta quloq yalligʻlanishini muntazam davolash zarur, bemor vrach-otorinolaringolog nazorati ostida boʻlishi lozim. Bu kasallikda quloq pardasida doimiy teshik mavjudligi tufayli quloqqa suv kirganda dard zoʻrayadi. Shuning uchun choʻmil-ganda va bosh yuvganda paxtani vazelin yoki boshqa suyuq moyga shimdirib, quloqqa tiqib qoʻyish kerak.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x