OGʻIZ BOʻSHLIGʻI SANATSIYASI

OGʻIZ BOʻSHLIGʻI SANATSIYASIogʻiz kasalliklarining oldini olish va ularni yoʻqotishga qaratilgan choratadbirlar. Bular tishlarni davolash va plombalash (bu keyinchalik tish chiri-shi va asorati — pulpit hamda peri-odontitning oldini oladi), tishning mexanik shikastlanishiga yoʻl qoʻymaslik; tish-jagʻ sohasi va tish nuqsonlarini oʻz vaqtida bartaraf etishdan iborat.

Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda (yiliga 2-marta), kasbga alo-qador zarari bor sanoat korxonalari xizmatchilari, shuningdek, homiladorlar, turli xastaligi boʻlgan bemorlarda Ogʻiz boʻshligʻi sanatsiyasi majburiy tarzda olib boriladi.

Ogʻiz boʻshligʻi sanatsiyasi atrofidagi toʻqimalar, ogʻiz shilliq qavati kasalliklari koʻpgina umumiy oʻtkir va surunkali kasalliklarning oldini olishda nihoyatda mu-him, chunki chirigan yoki kasal tishlar surunkali infeksiya oʻchogʻi boʻlib, organizmga zararli taʼsir koʻrsatadi. Shu bois, har bir kishi oʻzi mustaqil ravishda ogʻiz boʻshligʻi va tishlarni toʻgʻri parvarish qilib borishi, ularni tish choʻtkasi, pasta yoki tish poro-shogi bilan yuvib, ogʻizni suv va zarar-siz dezinfeksiyalovchi eritmalar (2% li soda eritmasidan 1 stakan suvga 1 choy qoshiq yoki borat kislota va b.) bilan ogʻizni chayishi, ovqatdan soʻng tish oralarini maxsus tish kovlagich b-n tozalashi lozim. Tish, milk, til kasalliklariga xos ilk alomatlar paydo boʻlsa, darhol stomatologga murojat qilish kerak (yana q. Tish).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x