YON CHIZIQ

YON CHIZIQ (linea lateralis) , yon organlar — suvda yashovchi tuban umurtqasiz hayvonlar (toʻgarak ogʻizlilar, suvda va quruqlikda yashovchilarning itbaliqdavri)dagi sezgi organlari sistemasi. Tananing har ikki yoni va bosh qismida joylashgan. Yon chiziq maxsus ion tarkibga ega boʻlgan suyuklik bilan toʻlgan naychalar — ampulalardan hamda ular sirtida joylashgan epidermal organlardan iborat. Yon chiziq organlarining asosiy qismini eshitish organi va vestibulyar apparat sensor hujayralariga oʻxshash sezgir tukli hujayralarga ega boʻlgan nevromast tashkil etadi. Afferent va efferent nerv tolalari ana shu nevromast retseptor hujayralarida shoxlangan boʻladi. Retseptorlar suv oqimi va muhitning past chastotali tebranishi taʼsirida qoʻzgʻalish paydo boʻladi. Yon chiziq organlari suv oqimi yoʻnalishi va tezligini sezadi. Hayvonlar Yon chiziq yordamida koʻrish organisiz ham suvda oʻz yoʻlini topadi, toʻsiqlarni sezib aylanib oʻtadi. Ayrim toʻgarak ogʻizlilar va koʻpchilik baliqlarning Yon chiziq organlari oʻziga xos tuzilgan juda sezgir elektroretseptorlarga ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x