YOVMUT

YOVMUT, yovmut — turkman qabilalaridan biri. Yovmutlar 19—20a. larning boshida Xorazm, Shim. va Gʻarbiy Turkmanistonda, Eronning Astrobod viloyatida yashagan. Ular bir kancha tira — boʻgʻin (otli temir, qutli temir) larga, tiralar urugʻlarga boʻlingan. Urugʻlardan eng yiriklari; qora chaqa, bayramshali, sharifjafarbayli, otabayli; kichiklari: sallax, okuz, oʻrsukchi, ushak, gujak va b. 19a. ning oxirlarida Rossiya bilan Eron … Читать далее

YENGIL QOTISHMALAR

YENGIL QOTISHMALAR — alyuminiy, magniy, titan, berilliy asosidagi konstruksion krtishmalar. S. ogʻ. 5 g/sm3 dan kichik boʻladi. Solishtirma mustahkamligi (mustahkamlik koʻrsatkichlarining zichlikka nisbati) yukrriligi, mexanik va texnologik xossalarining yaxshiligi bilan temir yoki nikel asosidagi qotishmalardan farq qiladi. Deformatsiyalab va quyib tayyorlanadigan xillari bor. Eng keng tarqalgan Yengil qotishmalarga alyuminiy qotishmalari kiradi. Yengil qotishmalar samolyotsozlik, raketasozlik, … Читать далее

YAPONIYA

YAPONIYA (yaponcha Nippon, Nixon) — Sharqiy Osiyoda, Tinch okeandagi orollarda joylashgan davlat. Ya. hududida 6,8 mingga yaqin orol boʻlib, shim. sharqdan jan. gʻarbga qariyb 3,5 ming km ga choʻzilgan; eng yirik orollari: Xokkaydo, Xonsyu, Sekoku va Kyusyu. Shim. dan Oxota dengizi, sharq va jan. sharqdan Tinch okean, gʻarbdan Yapon va SharqiyXitoy dengizlari bilan oʻralgan. Mayd. … Читать далее

YUNUSOBOD OKTEPASI

YUNUSOBOD OKTEPASI — oʻrta asrlar arxeologiya yodgorligi (5—13-asrlar). Toshkentning shim. sharqiy qismida, Oqtepa kanali boʻyida joylashgan. 1886 yil V. P. Nalivkin qayd qilgan. 1940 — 41 yillarda A. I. Terenojkin qazishlar olib borgan. 1975-yil va 1977—85 yil Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi (M. S. Mershchiyev, M. I. Filanovich) tomonidan oʻrganilgan. Yunusobod Oktepasi — jan. tomoni baland va … Читать далее

YESENIN Sergey Aleksandrovich

YESENIN Sergey Aleksandrovich [1895.21.9 (3.10), Ryazan viloyati Konstantinov, hoz. Yesenin qishlogʻi — 1925.28.12, Sankt-Peterburg, Moskvada dafn etilgan] — rus shoiri. Ilk sheʼriy toʻplami «Radunitsa» (1916) dayoq qalb holatlarini noziq tuygʻularda berishni, tabiat bilan bogʻliq ruhiy kechinmalarni ifodalashning ustasi, qish-loq hayoti, xalq tili va qalbining bilimdoni ekanligini namoyish etgan. 1919—22 y. larda Yesenin imajinist (ijodning maqsadini … Читать далее

DEFLEKTOR

DEFLEKTOR (lot. defl ecto — ogʻdiraman, olib ketaman) — 1) ventilyatsiya (shamollatish) yoki tutun moʻrisiga oʻrnatiladigan havo tortish qurilmasi; bino va shaxtalarning shamollatilishini tezlashtiradi, qozon va pechkalar moʻrisining havo tortishini yaxshilaydi; 2) gaz, suyuqlik, tovush toʻlqinlari va b. yoʻnalishini oʻzgartiradigan moslama; 3) magnit kompasi deriva-siyasi (kema, samolyot va b. da temir hamda elektromagnit maydon taʼsirida … Читать далее

YAMAN

YAMAN, Yaman Respublikasi (AlJumhuriya al-Yamaniya) — Arabiston ya. o. ning jan. qismidagi davlat. Mayt. 528 ming km2. Aholisi 19,3 mln. kishi (2002). Poytaxti — Sano shahri Maʼmuriy jihatdan 19 viloyat (muhofaza)ga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Yaman — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1991 yil 15 — 16-mayda qabul qilingan; 1994 va 2001-yillarda oʻzgartirishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident … Читать далее

GʻULOM ZAFARIY

GʻULOM ZAFARIY (1889 – Toshkent sh. — 1938.4.12) — shoir, aktyor va dramaturg. Milliy musiqali drama janri asoschisi. Xoʻja Ahmad va Koʻkaldosh madrasalarida taʼlim olgan (1912). Oʻsh sh. da usuli jadid maktabini ochgan (1912—14). «Turon» jamiyati, 1916—21 y. larda shu nomli teatrda aktyor va dramaturg (1914). «Ish-chilar dunyosi» jur. da boʻlim mudiri (1917 — 18). … Читать далее

DARVOZA

DARVOZA — shahar, qalʼa, saroy, qoʻrgʻon, hovli va b. ning kirish joyiga oʻrnatiladigan katta eshik, qopqa. Qadimda Oʻrta Osiyo shaharlarining atrofi qalʼaband mudofaa devorlari b-n oʻralgan boʻlib, bir nechtadan Darvoza lari (mas, Toshkentning 12 ta, Buxoroning 11 ta, Xivaning 10 ta Darvoza si.) boʻlgan. Darvozalar odatda archa, kayragʻoch daraxtlari yogʻochidan yasalib, usti temir hoshiya b-n … Читать далее

DAZMOL

DAZMOL — gazlama, kiyim-kechak, koʻnchilik mahsulotlari va b. ga issiqlik ishlovi berish (qizdirib silliqlash) uchun moʻljallangan asbob. Uy-roʻzgʻorda, maishiy xizmat korxonalarida, tikuvchilik f-kalarida, koʻn z-dlarida ishlatiladi. Roʻzgʻorda ishlatiladigan Dazmolning kumir yoki oʻtin chugida qizdiriladigan, plita ustiga quyib qizdiriladigan va elektr xillari bor. Hozir, asosan, elektr Dazmol ishlatiladi. U metall asos, qopqoq, qizdirish elementi (spiral) va … Читать далее