VETERINARIYA-SANITARIYA EKS-PERTIZASI

VETERINARIYA-SANITARIYA EKS-PERTIZASI — 1) hayvonot mahsulotlarini sanitariya-gigiyena jihatidan baholash usullarini oʻrganadigan fan. V.-s. e. ning asosiy vazifasi — hayvonlardan olinadigan, oziqovqat (goʻsht, sut, baliq, tuxum), ozuqayem, xom ashyo (teri, jun, momiq, patlar) mahsulotlari orqali qoʻzgʻatuvchilari odamlarga yuqadigan kasalliklarning oldini olishdan iborat. Mustaqil fan tarmogʻi sifatida 20-a. da shakllandi. Undan ilgari goʻshtshunoslik va ovqatlanish gigiyenasi fanlari … Читать далее

BURUNDI

BURUNDI, Burundi Respublikasi (frans. Republique du Burundi) — Markaziy Afrikadagi davlat. Mayd. 27,8 ming km2. Aholisi 6,4 mln. kishi (1990-y. larning oxirlari). Poytaxti — Bujumbura sh. Maʼmuriy jihatdan 15 viloyatga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Burundi — respublika. Davlat boshligʻi — prezident. 1996-y. 25-iyuldagi davlat toʻntarishi natijasida 1992-y. gi Konstitutsiyaning amal qilishi va Millat majlisi hamda partiyalarning … Читать далее

VETERINARIYA-SANITARIYA STANSIYASI

VETERINARIYA-SANITARIYA STANSIYASI — shahar, shahar atrofidagi jamoa, shirkat, aksionerlik va fermer xoʻjaliklarining chorvachilik obyektlariga, shuningdek teri, jun mahsulotlarini qayta ishlaydigan korxonalar hamda oziq-ovqat korxonalariga xizmat qiluvchi muassasa. U maxsus mashinalar bilan jihozlangan boʻladi. V.-s. s. xizmat qilayotgan hududdagi chorvachilik va b. binolarni, hayvon xom ashyolariii dezinfeksiya qiladi; oʻlgan hayvonlarni utilizatsiya korxonalariga, musodara qilingan mahsulotlarni, goʻshtni … Читать далее

VODIL

VODIL — Fargʻona viloyatidagi qishloq. Fargʻona tumani markazi. Shohimardonsoy boʻyida joylashgan. Aholisi 29 ming kishi (2000). Yaqin t. y. stansiyasi — Fargʻona (25 km). Paxtachilik, bogʻdorchilik va chorvachilik b-n shugʻullaniladi. Vodilda maishiy xizmat koʻrsatish punktlari, pillani qayta ishlash z-di, 9 umumiy taʼlim maktabi, 1 litsey, 1 musiqa maktabi, bolalar sanatoriysi, kinoteatr, 3 kasalxona, kinoteatr, 5 … Читать далее

BUSHUYEV Mixail Mixaylovich

BUSHUYEV Mixail Mixaylovich (1876 — 1936.18.2) — zootexnik, agronom. Mirzachoʻl tajriba dalasi mudiri (1905 — 18), TurkASSR Yer ishlari xalq komissari va Turkiston MIK aʼzosi (191821), RSFSR Yer ishlari xalqkomissarligi va SSSR Gosplanida rahbarlik lavozimlarida ishladi (1921 — 36). Bushuyev ilmiy ishlari Mirzachoʻl sharoitida gʻoʻza, kanop, makkajoʻxori, xashaki va qand lavlagi agrotexnikasi, seleksiyasi, bogʻdorchilik, sabzavotchilikni … Читать далее

BUZOQ

BUZOQ — sigirning 6 oylikkacha boʻlgan bolasi. Yirik zotli Buzoq ogʻirligi tugʻilishda 35—45 kg, mayda zotlisining ogʻirligi 25—35 kg boʻladi. Buzoq tugilishi b-n ogʻizburnidagi shilimshiq sochiq b-n artiladi, tugʻilganda kindigi uzilmagan boʻlsa qorin tomondan 10—12 sm qoldirib kesiladi, kesilgan joyiga yod eritmasi surtiladi, soʻngra yalab tozalash uchun onasi oldiga qoʻyiladi. Tugʻilgandan keyin 1—1,5 soat oʻtgach, … Читать далее

VETERINARIYA

VETERINARIYA, veterinariya tibbiyoti, baytariya (lot. veterinarius — hayvonlarni parvarish qiluvchi, hayvonlarni davolovchi) — hayvonlar kasalliklarini oʻrganuvchi fanlar majmui hamda hayvonlar kasalliklarining oldini olish va ularni yoʻqotish, aholini odam va hayvonlar uchun umumiy boʻlgan kasalliklardan muhofaza qilishga qaratilgan tadbirlar tizimi. Veterinariya shartli ravishda 3 guruhga ajratiladigan fanlarni oʻz ichiga oladi: veterinariya – biologiya fanlari — hayvonlarning … Читать далее

VOLOGDA VILOYATI

VOLOGDA VILOYATI — RF tarkibidagi viloyat. 1937-y. 23 sent. da tuzilgan. Vologda viloyati vda 15 shahar va 14 shaharcha bor. Mayd. 145,7 ming km2. Aholisi 1367 ming kishi (1999). Markazi — Vologda sh. V. v. ning yer yuzasi tekislik. Qazilma boyliklari: torf, qoʻngʻir temirtosh, oʻtga chidamli gil, kvars qumlari, osh tuzi va mineral buloqlar. Iqlimi … Читать далее

VIRGINIYA OROLLARI

VIRGINIYA OROLLARI — VestIndiyadagi (100 ga yaqin) mayda orollar. Buyuk Britaniya (mayd. 153,4 km2, axoliyey 13 ming kishi, 1987; maʼmuriy markazi — RodTaun sh.) va AQSH (mayd. 355 km2, aholisi 104 ming kishi, 1993; maʼmuriy markazi — Sharlotta-Amaliya sh.) mulki. Aholisi negr va mulatlar. V. o. neogen davri ohaktoshlaridan tuzilgan, relyefi tekislik. V. o. da … Читать далее

BOYSUN TUMANI

BOYSUN TUMANI — Surxondaryo viloyatitsat tuman. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan (1962-y. 24 dek. da Sherobod tumani bilan birlashtirilgan. 1965-y. 29 dek. da qayta tuziddi). Boysun tumani viloyatning gʻarbida joylashgan. Shim. sharkda Sariosiyo, sharqda Qumqoʻrgʻon, jan. da Qiziriq, Bandixon tumanlari, jan. gʻarbda Sherobod tumani b-n, shim. gʻarbda Qashqadaryo viloyatining Qamashi va gʻarbda Dehqonobod tumanlari … Читать далее