BALUJLAR

BALUJLAR (oʻzlarini baluch, baloch deyishadi) — Pokiston (4 mln. kishi) va Eron (1,4 mln. kishi, 1992)dagi xalq. Shuningdek Afgʻoniston, Turkmaniston (28,3 ming kishi, 1989) va arab mamlakatlarida ham yashaydi. Umumiy soni 5,7 mln. kishi (1992). Baluj tilida soʻzlashadi. Balujlar islom dinining sunniy mazhabiga eʼtiqod qilishadi.

Balujlar koʻchmanchi chorvachilik va dehqonchilik bilan shugʻullanadi. Arab geograflarining maʼlumotlariga koʻra B. Kermon va uning sharqiy qismida, Seyistonda yashagan va koʻchmanchi chorvadorlik bilan shugʻullangan. Balujlar bu yerlarga arablar istilosidan taxm. 300-y. avval kelib joylashgan. Ingliz olimi M. Longuors Deymsning tadqiqotlariga koʻra Balujlarning vatani Shim. Eron boʻlib, eftaliylarning Shim. Eronga qilgan hujumi (6-a.) natijasida B. Kermonga koʻchishgan. Keyingi asrlarda yaylov yerlarining tanqisligi ularni astasekin sharqqa siljishga majbur etgan. 11—14-a. lar davomida Balujlar yashagan hudud hoz. Balujiston joylashgan yerlargacha kengayadi. 19-a. ning oxiri — 20-a. boshlarida Afgoniston va Eron Seyistonida yashovchi Balujlarning bir qismi Turkmaniston respublikasi Mari va Chorjoʻy viloyatiga koʻchib kelib joylashadilar. Balujlar ayrim guruhlari Fargʻona vodiysi va Qashqadaryoning quyi oqimlarida joylashgan Buguch qishlogʻida ham yashaganlar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x