VIRUSLAR

VIRUSLAR (lot. virus — zahar) — faqatgina tirik hujayralarda koʻpayib, oʻsimlik, hayvon va odamda yuqumli kasallik qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlar. Oʻtmishda «Viruslar» termini har xil kasallik qoʻzgʻatuvchilarga, ayniqsa nomaʼlum agentlarga nisbatan qoʻllanilgan. Fransuz olimi L. Paster bir qancha kasalliklarning kelib chiqishida bakteriyalarning rolini isbotlab berganidan soʻng Viruslar tushunchasi «mikrob» soʻzining sinonimi sifatida qoʻllanila boshlandi. Kasallik qoʻzgʻatuvchi bu … Читать далее

BARIY

BARIY (Baryum), Va — Mendeleyev davriy sistemasining II guruhiga mansub kimyoviy element, tartib nomeri 56, at. m. 137,34, kumush rang-oq metall. 7 ta barqaror izotop aralashmasidan iborat, ular orasida |38Va koʻproq (71,66%). B. ni shved kimyogari K. Sheyele VaO shaklida kashf etgan (1774) va bu oksidni «ogʻir yer» yoki barit deb atagan (yun. barus — … Читать далее

BAKTERIOLIZ

BAKTERIOLIZ — bakteriyalarning antitelolar, bakteriofaglar, lizotsim, antiseptiklar, ximioterapevtik moddalar, autoliz taʼsirida erishi, immun reaksiyalarning bir turi. Bakterioliz bakteriya hujayrasi devoridagi peptidoglikon va sitoplazma membranasining yemirilishidan iborat. Spetsifik (bakteriofaglar, bakteriolizinlar, lizotsim taʼsirida) va nospetsifik (ayrim gidrolitik fermentlar, fizik va kimyoviy omillar ishtirokida) Bakterioliz farq qilinadi. Bakterioliz odam va hayvonlar organizmida mikrobga qarshi antitelolar taʼsirida roʻy beradi. … Читать далее

VETERINARIYA-SANITARIYA EKS-PERTIZASI

VETERINARIYA-SANITARIYA EKS-PERTIZASI — 1) hayvonot mahsulotlarini sanitariya-gigiyena jihatidan baholash usullarini oʻrganadigan fan. V.-s. e. ning asosiy vazifasi — hayvonlardan olinadigan, oziqovqat (goʻsht, sut, baliq, tuxum), ozuqayem, xom ashyo (teri, jun, momiq, patlar) mahsulotlari orqali qoʻzgʻatuvchilari odamlarga yuqadigan kasalliklarning oldini olishdan iborat. Mustaqil fan tarmogʻi sifatida 20-a. da shakllandi. Undan ilgari goʻshtshunoslik va ovqatlanish gigiyenasi fanlari … Читать далее

BUTIROMETR

BUTIROMETR (yun. butyron — yogʻ, moy va…metr) — sutdagi yogʻ miqdorini aniklaydigan asbob. Shkalali silindrsimon shisha idishdan iborat. Asosan, lab. sharoitida ishlatiladi. Sutdagi yogʻ miqdorini aniqlash uchun Butirometrga pipetkada 10 sm3 sulfat kislota, 11 sm3 sut va 1 sm3 izoamil spirt quyiladi. Idishning ogʻzi rezina tiqin bilan bekitilib chaykatiladi, bunda sutdagi boshqa moddalar erib, faqat … Читать далее

VODOROD SIANID

VODOROD SIANID, sianid kislota, HCN — kuchli zahar; rangsiz, uchuvchan, oʻziga xos hidli suyuqlik; qaynash t-rasi 25,7°; suyuqlanish t-rasi —13,1°, juda kuchsiz kislota; achchiq bodom, oʻrik, shaftoli va olcha magʻzida glyukozidlar tarzida uchraydi. Sanoatda ammiak va metanning havo bilan aralashmasini katalizator (platima) ishtirokida, lab. da esa baʼzi sianidlar (NaCN), K4[Fe(CN4),,)] ga suyultirilgan sulfat kislota qoʻshib, … Читать далее

BORISOV Oleg Matveyevich

BORISOV Oleg Matveyevich (1929, Mordva Respublikasi — 1988. 31. 10, Toshkent) — geolog olim. Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1984), geol. mineralogiya fanlari d-ri (1970). Oʻrta Osiyo davlat un-ti geol. f-tini bitirgan (1953). Oʻzbekiston FA geologiya va geofizika in-tida katta ilmiy xodim (1956—70), lab. mudiri (197086), Oʻzbekiston FA seysmologiya in-ti direktori (1986— 88). Asosiy ilmiy ishlari … Читать далее

BIOORGANIK KIMYO INSTITUTI

BIOORGANIK KIMYO INSTITUTI, Oʻzbekiston FA O. S. Sodiqov nomidagi bioorganik kimyo instituti — i. t. muassasasi. 1977-y. da Oʻzbekiston FA tarkibidagi bioorganik kimyo boʻlimi (1973) negizida tashkil etilgan. Intga asoschisi akad. O. S. Sodiqov nomi qoʻyilgan. Intning asosiy fundamental ilmiy yoʻnalishi hayvon va oʻsimliklar organizmidagi bioorganik kimyo jarayonlarini, yaʼni yuqori va quyi molekulyar tabiatga ega … Читать далее

VOLTOMMETR

VOLTOMMETR — tok zanjiridagi kuchlanish va qarshilikni oʻlchaydigan elektr asbobi; voltmetr va ommetr-dan iborat. Voltommetrlar oʻzgarmas tok zanjirida qoʻllaniladi. Toʻgʻrilagich V. lar universal asbob boʻlib, oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok zanjiridagi kuchlanishni, oʻzgarmas tok zanjiridagi qarshilikni oʻlchaydi. U oʻlchash mexanizmi, yarimoʻtkazgichli toʻgʻrilagich va qoʻshimcha rezistorlardan iborat. Universal Voltommetr larning zamonaviy variantlari mikroelektron sxemalar asosida yaratilmokda. Ular … Читать далее

VITYAZ

«VITYAZ» — 1) yelkan-vintli harbiy kema (korvet). «V». da 1871-y. N. N. Mikluxo-Maklay Yangi Gvineya oroliga yetib borgan; 2) rus ekskursiya kemasining nomi (1836-y. qurilgan). «V», yordamida rus admirali S. O. Makarov rahbarligidagi ekspeditsiya 1886—89 y. larda dunyo aylanasi boʻylab suzgan va okeanografiyaga oid katta tadqiqotlar oʻtkazgan; 3) okeanologiya, okeanografiya va gidrobiologiya sohasida i. t. … Читать далее