BUTIROMETR

BUTIROMETR (yun. butyron — yogʻ, moy va…metr) — sutdagi yogʻ miqdorini aniklaydigan asbob. Shkalali silindrsimon shisha idishdan iborat. Asosan, lab. sharoitida ishlatiladi. Sutdagi yogʻ miqdorini aniqlash uchun Butirometrga pipetkada 10 sm3 sulfat kislota, 11 sm3 sut va 1 sm3 izoamil spirt quyiladi. Idishning ogʻzi rezina tiqin bilan bekitilib chaykatiladi, bunda sutdagi boshqa moddalar erib, faqat yogʻ qoladi, yogʻ mikdori Butirometr shkalasi koʻrsatgan darajaga qarab foizda aniqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x