NAQIB

NAQIB, naqibxoʻja (arab. — boshliq, sardor, qabila boshligʻi, dohiy) — Xiva xonligidagi harbiy mansabdor. Sayyidlar va xoʻjalar uchun yuqori faxriy unvon. N. oʻzlarini Muhammad paygʻambarning avlodlaridan deb hisoblay-digan sayyidlar jamoalari rahbarlarining lavozimi. Hukmron doiralar Naqib orqali sayyidlar jamoalari b-n muomala qilganlar. Naqiblik lavozimi avloddan avlodga oʻtgan. Naqib xonning eng yaqin maslahatchilaridan boʻlib, safarlarda unga hamroh … Читать далее

IBROHIM

IBROHIM — Qurʼonda nomi zikr etilgan paygʻambarlardan biri, oʻzidan keyin oʻtgan barcha paygʻambarlarning bobokaloni, arablar va yahudiylarning umumiy ajdodi. Allohning chin doʻsti (xalilullox,), imom, siddiq va hanif deb taʼriflanadi. Yahudiy-xristian diniy adabiyotlarida Avraam nomi bilan maʼlum. Bobilda tavallud topgan. Avvaliga yulduz, oy, quyoshga sigʻinmoqchi boʻlgan, keyin yolgʻiz Allohga ibodat qila boshlagan. Otasi Ozor va qavmlarni … Читать далее

NUTQ MADANIYATI

NUTQ MADANIYATI, nutq odobi — 1) ogʻzaki va yozma adabiy til meʼyorlari (talaffuz, urgʻu, soʻz qoʻllash, grammatika, uslubshunoslik qoidalari)ni egallash, shuningdek, turli aloqa-aralashuv sharoitlarida tilning tasviriy vositalaridan nutqning maksad va mazmuniga mos ravishda foydalanish mahorati; 2) tilshunoslikning tilni madaniyat quroli sifatida mukammallashtirish maqsadida meʼyorlashtirish (tartibga solish) muammo larini oʻrganuvchi boʻlimi. Gʻarb tilshu-nosligida umumiy maʼnoda «til … Читать далее

BURUNDUQXON

BURUNDUQXON (? 1511) qozoq xonlaridan biri (1480—1511), Kirayxon (Gireyxon)ning katta oʻgʻli. Otasi vafotidan soʻng taxtga oʻtirgan. Abulxayrxon vafotidan keyin Muhammad Shayboniyxon bilan oʻzbek ulusiga ega boʻlish uchun koʻplab janglar olib borgan. Burunduqxon 50 ming kishilik qoʻshini b-n mangʻitlar ustiga yurish qilganda (1480) Shayboniyxon 300 askari bilan mangʻitlarga yordamga kelib Burunduqxon qoʻshinini tormor keltirgan. B. Jonibekxonning … Читать далее

GEODEZIYA

GEODEZIYA (geo… va yun. daio — boʻlaman) — Yerning shakli va oʻlchamlarini aniqlash, Yer yuzasini plan va xaritalarda tasvirlash hamda muhandislik inshootlarini qurishdagi qidiruv ishlari, ularni loyihalash, qurish va ulardan foydalanishda bajariladigan oʻlchash ishlari haqidagi fan. Geodeziya oliy geodeziya, geodeziya yoki topografiya, muhandislik geodeziyasi, xaritagrafiya va fototopografiya kabi mustaqil fanlarga boʻlinadi. Yer shakli va oʻlchamlarini … Читать далее

BAHRIYLAR

BAHRIYLAR — Misrda hukmronlik qilgan ikki mamluklar sulolasidan birinchisi (1250 — 1390). Ayyubiylarni taxtdan tushirib, hokimiyatni egʻallagan. Bahriylar 1249-y. Misr sultoni Najmiddin Ayyub (1208 — 50) saroy quriqchilari qilish maqsadida sotib olgan turk asirlari boʻlib, dastlabki vaqtlarda Bahr annil (Nil daryosi)dagi orollardan birida yashaganlari uchun shunday deb atalganlar. Sulola vakillari: Al-Malik al-Muʼizz Oybek (1250 — … Читать далее

BUYUK GEOGRAFIK KASHFIYOTLAR

BUYUK GEOGRAFIK KASHFIYOTLAR — 15—17-a. oʻrtalari (chet el adabiyotlarida, odatda, faqat 15-a. oʻrtalari — 16-a. oʻrtalari) da yevropalik sayyohlar tomonidan qilingan yirik geografik kashfiyotlar uchun qabul qilingan shartli termin. Yevropa mamlakatlarida tovar i. ch. ning oʻsishi, javohirlarning yetishmasligi va oltin hamda kumush, ziravorlar va fil suyagini (tropiklarda), qimmatbaho moʻyna, morj tishini (shim. mamlakatlarda) topish maqsadida … Читать далее

BUXORO KUMUSH TANGASI

BUXORO KUMUSH TANGASI — Buxoro xonligi (1500—1753) tashkil boʻlgan paytda Shayboniyxon nomi bilan zarb qilingan kumush tangalar. Shayboniylar dastlab tangalarining ogʻirligini 1 misqol, yaʼni 4,8 g miqsorida zarb qilgan boʻlsa, 17-a. ga kelib 4,4 g ga tushib qoldi. Joniylar sulolasi xukmronlik qilgan (1599—1753) davrdan boshlab kumush tangalar aʼlo sifatli sof kumushdan zarb qilingan. Mangʻitlar sulolasi … Читать далее

BADRIDDIN KASHMIRIY

BADRIDDIN KASHMIRIY (toʻliq ismi Badriddin ibn Abdussalom ibn Sayyid Ibrohim al-Husayniy alkashmiriy) (16-a. 2-yarmi) — tarixchi, adib, shoir. 1554-y. Kashmirdan Buxoroga kelgan va Joʻybor xojalaridan Xoja Muhammad Islom va uning vorislari Xoja Saʼd va Xoja Tojiddin Hasanning shaxsiy kotibi boʻlgan. Badriddin Kashmiriy Abdullaxon II ga bagʻishlangan Z«afarnoma» dostoni (1593), koʻplab masnaviy, gʻazallar, shuningdek umumiy tarixning … Читать далее

BUROQ

BUROQ (arab, «yarqiroq», «barq» soʻzidan) — islom rivoyatlarida juda tez chopadigan va uchadigan maxluqning nomi. Qurʼoni karimda zikr qilinishicha (17:1), Muhammad (sav) uni minib Makka sh. dan «tungi sayr»da meʼrojga chiqqan. Rivoyat qilishlaricha, B. Muhammad (sav)ni Kaba oldiga kelib kutib turgan, avvaliga u sarkashlik qilgan, hazrat Jabroil majbur etgandan soʻng boʻysungan. Buroq boshqa paygʻambarlar, chunonchi … Читать далее