GEODEZIYA

GEODEZIYA (geo… va yun. daio — boʻlaman) — Yerning shakli va oʻlchamlarini aniqlash, Yer yuzasini plan va xaritalarda tasvirlash hamda muhandislik inshootlarini qurishdagi qidiruv ishlari, ularni loyihalash, qurish va ulardan foydalanishda bajariladigan oʻlchash ishlari haqidagi fan.

Geodeziya oliy geodeziya, geodeziya yoki topografiya, muhandislik geodeziyasi, xaritagrafiya va fototopografiya kabi mustaqil fanlarga boʻlinadi. Yer shakli va oʻlchamlarini aniqlash, mamlakat xaritalarini tuzish uchun kerakli bosh geodezik asosni barpo etish, uni zamonaviy talablarga javob beradigan darajada saqdab turish, katta maydonlarda olib boriladigan geodezik oʻlchash ishlariii tashkil etish, ularni bajarish bilan oliy Geodeziya shugʻullanadi. Yer yuzasining ayrim boʻlaklarini plan, xarita va profillarda tasvirlashda bajariladigan geodezik oʻlchash ishlari bilan muhandislik geodeziyasi, Yer yuzasining katta boʻlagini tasvirlash usullari bilan xaritagrafiya, joyning plan va xaritalarini fotosuratlardan foydalangan holda tuzish usullarini fototopografiya fani oʻrganadi.

Qadimda yer oʻlchash va xoʻjalik ishlari uchun plan hamda xaritalar tuzishda Geodeziyadan foydalanishgan. Mil. av. 7-a. da Bobil va Ossuriyada loydan ishlangan taxtachalarga geografik xaritalar tuzishgan. Mil. av. 6—4-a. larda Yerning sharsimon ekanligini aytishgan. Mil. av. 3-a. da Misrda unumdor yerlarni boʻlish va oʻlchash bilan shugʻullanganlar. Keyinchalik joylarni oʻlchash va Yer oʻlchamlarini aniqlash, tarx tuzish, muhandislik inshootlarini qurishda Geodeziya oʻlchashlar bajarilgan. Misrlik olim Eratosfen toʻgʻri geometrik prinsiplar asosida birinchi marta Yer sharining radiusini aniqlagan. Shu davrlarda Aristotel ishlarida «Geodeziya» astronomiya, xaritagrafiya va geogr. bilan bogʻliq boʻlgan bilimlar tarmogʻi sifatida namoyon boʻla boshladi. Mil. av. 2-a. da astronom va matematiklar joyning geografik kengligi va uzunligi hamda xaritalardagi meridianlar va parallellar toʻgʻrisida tushunchalar kiritishgan. Yunoniston va Misr olimlari Yerning shakli va oʻlchamlarini aniqlaganlar. Geodeziya fani Arabiston, Xitoy, Hindiston va Oʻrta Osiyoda ham taraqqiy etgan.

9-a. boshlarida Abu Abdullo Muhammad ibn Muso Xorazmiy, keyinchalik Abu Rayhon Beruniy Yerning oʻlchamlarini aniqlaganlar. Abu Rayhon Beruniyning geodeziyaga oid asari «Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning chegaralarini aniq-lash» — «Geodeziya» ilk asar boʻlib unda xaritagrafiyaga doyr koʻp masalalar yechilgan va Geodeziyaning fan sifatida shakllanishiga ana shu kitobi asos boʻlgan. Oʻsha davrda xalifa Maʼmunning topshirigʻiga binoan birinchi marta almavsil (Mosul) sh. yaqinida gradus oʻlchamlari bajarilib, Yer sharining radiusi aniq oʻlchab topilgan. Hoz. zamon G. va geodezik ishlarning rivojlanishi 17-a. da qarash trubasining va triangulyatsiya usulining ixtiro kilinishidan boshlangan. Burchak oʻlchash asbobi — teodolitnint paydo boʻlishi hamda uning qarash trubasi b-n birlashtirilishi triangulyatsiyada burchak oʻlchashlarning aniqpigini oshiradi. Yer sirtidagi nuqta balandligini aniqlaydigan barometr ixtiro qilindi, topografik xaritalar tuzishni soddalashtiruvchi topografik suratga olishning grafik usullari ishlab chiqildi. 18-a. oʻrtalarida fransuz olimi A. Klero Yer shaklining asosiy nazariyasini ishlab chiqdi va Yer sferoidida geografik kenglikka bogʻliq hodda ogʻirlik kuchining oʻzgarish qonunini asoslab berdi. Tortishish qonunining yaratilishi va geodezik ekspeditsiyalarning oʻtkazilganligi G. Yer shakli va uni oʻrganish usullari haqidagi mustaqil fan sifatida namoyon boʻldi. Soʻnggi yillarda kosmik Geodeziya rivojlangan fanlar qatoridan oʻrin oldi, chunki rivojlangan mamlakatlarda geodezik oʻlchash ishlarining asosiy qismi Yer sunʼiy yoʻldoshi texnologiyasi asosida bajarilmoqda. Ayni vaqtda Oʻzbekistonning davlat geodezik tarmogʻi yangi texnologiya — Yer sunʼiy yoʻldoshi texnologiyasi asosida qayta barpo etilmoqda. Oʻzbekistonda Geodeziyaga doyr i. t. ishlari Oʻzbekiston FA Astronomiya institutida, OʻzMU, Toshkent texnika untida, Toshkent va Samarkand arxitekturaqurilish in-tlari va Toshkent q. x. ni irrigatsiyalash va mexanizatsiyalash intida olib boriladi (yana q. Astronomiya). Asosiy geodezik ishlarni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya xaritagrafiya va kadastr bosh boshqarmasi bajaradi.

Ld.. Qoʻziboyev T., Geodeziya, 1975; Nazirov A., Geodeziya, T., 1978; Norxoʻjayev K. N., Injenerlik geodeziyasi, T., 1984; Nishonboyev N., Amaliy geodeziya. Meʼ-morchilik obidalarini taʼmirlashga oid geodezik ishlar, T., 1992; Nishonboyev N., Amaliy geodeziya. Maqbul usullarda yechiladigan geodezik ishlar, 1992,Doʻstmuhamedov M. Yu., Muhandislik geodeziyasi, T., 1998.

Nosir Nishonboyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x