SOXTA KURAKBURUNLILAR

SOXTA KURAKBURUNLILAR, qilquyruqlar, orol kurakburunlilari (Pseudoscaphirhynchus) — osyotrsimonlar (bakra baliqlar) oilasiga mansub chuchuk suv baliklari urugʻi. Gavdasining dum tomonida yaxlit suyak qalqonning boʻlmasligi bilan haqiqiy kurakburun baliklardan farq qiladi. 3 turi Orol dengizi havzasi daryolarida uchraydi. Barcha turlari Oʻrta Osiyo uchun endemik. Katta amudaryo S. k. uzunligi 75 sm gacha, vazni 2,5 kg gacha; mayda … Читать далее

XORION

XORION (yun. chorion — qobiq, pust) — 1) yuksak sut emizuvchilarda tashqi murtak qobigʻi, murtak (embrion) rivojlanishining boshlangʻich davrlarida hosil boʻladi; 2) umurtqasiz hayvonlar va ayrim tuban umurtqalilar tuxumining ikkilamchi qobigʻi (q. Tuxum). Пост Навигацияси

XALSIDLAR

XALSIDLAR (Chalcidoidea) pardaqanotlilar turkumiga mansub hasharotlarning katta oilasi. 27 oila, 8 mingga yaqin turi mavjud. Tanasining uz. 1—3 (ayrimlariniki 10)mm. Rangi yashil, qora yoki sariq boʻlib, tovlanadi. Moʻylovi kamida 15 boʻgʻimdan iborat. Odd yelka, odatda, qisqa, qanot qopqogʻiga yetmaydi. Oʻrta yelkasi baʼzan boʻylama egatli. X. turli hasharotlar — koksidlar, oʻsimlik bitlari (shiralar), ikki qanotlilar va … Читать далее

SIKADALAR

SIKADALAR, jizildoqlar, saratonlar (Cicadinea) — tengqanotlilar turkumiga mansub hasharotlarning kenja turkumi. 17 ming turi maʼlum. Sikadalar juda serharakat hasharot. Tanasining uz. 25—50 mm. Boshi koʻkrak qismiga harakatsiz birikkan. Murakkab koʻzlaridan boshqa yana 2—3 ta oddiy koʻzi ham bor. Qanotlari bir-biriga binoning stropil tomisimon taxlanib yopiladi, oldingi juft qanotlari orqa qanotlarga nisbatan qalinroq. Moʻylovi va panjasi … Читать далее

TOʻGʻRIQANOTLILAR

TOʻGʻRIQANOTLILAR (Orthoptera) hasharotlar sinfiga mansub turkum. Tanasi uzunchoq, 2 juft qanoti yaxshi rivojlangan. Orqa oyoqlari sakrovchi. Urgochisining tuxum qoʻygichi bor. Maxsus tovush chiqarish va eshitish organlari mavjud. Toʻgʻriqanotlilar turkumi 2 kenja turkum: uzun moʻylovlilar (ediyexidsimonlar, temirchaksimonlar, chirildoqsimonlar, chirildoklar katta oilalari) va kalta moʻylovlilar (treperstsimonlar, tetrigidsimonlar, timpanalsizlar, pufaklilar, chigirtkalar katta oilalari)ga ajratiladi. 200000 dan, Oʻzbekistonda 350 … Читать далее

SUV XOʻTIKCHALARI

SUV XOʻTIKCHALARI (Asellidae) teng oyoklilar turkumiga mansub qisqichbaqasimonlar oilasi. Hovuz, koʻl va tinch oqadigan suvlarda koʻp uchraydi. Keng tarqalgan turlaridan biri suv xoʻtikchasining uz. 12—20 mm. 6 juft oyoklari yordamida. suv tubida harakatlanadi. Qorin boʻshligʻidagi plastinkasimon jabralari yordamida nafas oladi. Tuxum qoʻyib, juda tez koʻpayadi. Suv xoʻtikchalarining urgʻochisi tuxumdan chiqqan bolalarini koʻkrak oyoklari asosidagi xaltachasida … Читать далее

PARRANDACHILIK

PARRANDACHILIK — uy parrandalarini yetishtirish; chorvachiyaikning bir tarmogʻi. Parrandachilikning asosiy mahsuloti — oziq-ovqatga ishlatiladigan tuxum va goʻsht; qoʻshimcha mahsuloti — parranda pati va pari. Parrandalarni soʻyish va uni qayta ishlash chiqindilaridan yem uni ishlab chiqariladi. Parranda goʻngi — qimmatli organik oʻgʻiti. Parrandachilikda tuxum, asosan, tuxum yoʻnalishidagi, qisman goʻsht-tuxum va goʻsht yoʻnalishidagi tovuq zotlari va krosslaridan … Читать далее

MIRZOQUSH

MIRZOQUSH (Sagittarius serpentarius) — kunduzgi yirtqichlar turkumiga mansub kush. Gavdasining uz. 125 sm ga yaqin, koʻrinishi turnaga oʻxshash. Boshida orqa tomonga qarab oʻsgan bir necha uzun patlari mirzolarning patqalamni quloq orqasiga qoʻyib yurishini eslatadi (nomi shundan olingan). Afrika savannalarida tarqalgan. Yiliga 2 ta tuxum quyib, 6 hafta bosib yotadi. Ilonlar, kaltakesaklar, ayrim mayda qushlar va … Читать далее

KURTAKXOʻR

KURTAKXOʻR (Gmetocera ocellana F.) – kapalaqlar turkumining parvonalar oilasiga mansub hasharot. Oʻrta Osiyo, Gʻarbiy Yevropa, Uzoq Sharq, Shim. Amerikada tarqalgan. Kapalagi sariqkulrang, oldingi qanotining orqasida keng oq yoʻli bor, qanotlari yozilganda 1,5 sm. Lichinkasi avval oq, keyin pushtirang, oʻz. 10—13 mm. Gʻumbagi oʻz. 6,5—8,0 mm, qorin boʻgʻimlarida tikanlari bor. Qurti oʻz. 9—12 mm, jigarrang. Kurtakxoʻr … Читать далее

OʻRDAKSIMONLAR

OʻRDAKSIMONLAR — gʻozsimonlar turkumiga mansub suvda suzuvchi qushlar oilasi. Tanasining uz. 29-150 sm. Tumshugʻi qirralari boʻylab joylashgan tishchalari va koʻndalang plastinkalari filtrlovchi apparatni hosil qiladi. Koʻpchilik turlarida jinsiy dimorfizm yaxshi rivojlangan: erkagi yirikroq va chiroyliroq, rangli boʻladi. Dum usti bezlari yirik. Panjalarida pardasi bor. Patlari tigʻiz joylashgan, parlar yaxshi rivojlangan. Ayrim turlari ucholmaydi. Koʻpchilik Oʻrdaksimonlar … Читать далее