PXENYAN

PXENYAN — Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) poytaxti. Tedongan daryosi boʻyida, 300 m balandlikda. Iqlimi mussonli moʻtadil iqlim. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —8,2°, iyulniki 24°. Yillik yogʻin 922 mm. Axrlisi 2,6 mln. (1990-y. lar oxiri). Alohida maʼmuriy birlik qilib ajratilgan. Pxenyan — Koreyaning qad. shaharlaridan. 4-a. da shahar oʻrnida qalʼa boʻlgan. 427 — 668-y. larda … Читать далее

POCHTA ALOQASI

POCHTA ALOQASI — transport vositalari yordamida xat, davriy nashrlar, joʻnatma, pul va h. k. ni qabul qilib olib joʻnatadigan muassasalar tizimi. Pochta aloqasining yuzaga kelishi bevosita yozuvning paydo boʻlishi bilan bogʻliq. Yunoniston, Eron, Misr, Xitoy va Rim imperiyalarida Pochta aloqasi davlat boshqaruvida alohida ahamiyat kasb etgan va davlat Pochta aloqasi yaxshi yoʻlga qoʻyilgan: joʻnatilgan xatxabarlar … Читать далее

MARJONBULOQ

MARJONBULOQ — Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanitt shahar (1980-y. 11-iyundan). Yaqin t. y. stansiyasi Bahorikor (8 km). Aholisi 3,6 ming kishi (2002). Asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar, qozoq va b. millat vakillari yashaydi. Marjonbuloq Nurota tizmasining tarmogʻi Gʻubdintogʻning etaklarida joylashgan. Shahar 1980-y. da Marjonbuloq oltin koni negizida vujudga kelgan. Marjonbuloqda uy-joy qurish k-ti, bir qancha … Читать далее

MAʼMURIY JAZO

MAʼMURIY JAZO — maʼmurii huquqnn buzuvchi shaxslarga nisbatan davlat organi yoki mansabdor shaxslar tomonidan koʻriladigan chora. Maʼmuriy jazo maj-burlovchi, ayni vaqtda tarbiyaviy xususiyatga ega boʻlgan choradir. Maʼmuriy jazoning quyidagi turlari mavjud: jarima; maʼmuriy xuquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa boʻlgan ashyoni haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish; maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli … Читать далее

MANILA

MANILA — Filippin Respublikasi poytaxti. Luson o. ning jan.-gʻarbida, Manila qoʻltigʻi sohilida. Iqlimi subekvatorial iqlim, avg. —sent. da tayfunlar boʻladi. Aholisi 1,6 mln. kishi (2000). Katta Manila shahar va uning atrofi, bir necha qishloq va yoʻldosh shaharlarni oʻz ichiga olgan konurba-siyani (mayd. 832 km2) tashkil etadi. Shahar 16-a. ning 2-yarmida ispan konkistadorlari qurgan qalʼa oʻrnida … Читать далее

MASHINA DETALLARI

MASHINA DETALLARI — 1) bir jinsli materialdan yigʻib tayyorlanadigan mashina, asboblar, apparatlar yoki qurilmalar qismi; umumiy va maxsus ishlarga moʻljallangan xillari bor. Umumiy ishlarga moʻljallangan Mashina detallariga koʻpgina mashinalar, asboblar va b. uchun tipik boʻlgan detallar (mas, tishli gʻildiraklar, vallar, oʻqlar, boltlar, shponkalar, gaykalar), shuningdek, egiluvchan (qayishqoq) va korpus detallar kiradi. Egiluvchan Mashina detallari zarb … Читать далее

PATNA

PATNA — Hindistonning shim. qis-midagi shahar. Gang daryosining oʻng sohilidagi port. Bihar shtatining maʼmuriy markazi. Transport yoʻllarining muhim tuguni. Q. x. mahsulotlari bilan savdo qilinadigan markaz. Aholisi 1,7 mln. kishi (2001). Ip gazlama, oziqovqat, metallsozlik korxonalari bor. Hunarmandchilikda gilam va parcha toʻqiladi, mebel va metall buyumlar tayyorlanadi. Un-t (1917), muzey, noyob qoʻlyozma asarlar saqlanadigan kutubxona … Читать далее

MATANSAS

MATANSAS — Kubadagi shahar. Matansas provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 125 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oxiri). Transport yoʻllari tuguni. Atlantika okeanining Matansas buxtasidagi port (chetga shakarqand chiqariladi). Kimyo (jumladan, oltin-gugurt kislotasi, oʻgʻitlar, sunʼiy tola i. ch.), tamaki, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal, mashinasozlik sanoati korxonalari mavjud. Arxeologiya muzeyi, shahar yaqinida Belyamar karst gʻori bor. Turizm rivojlangan. Shaharga 1693-y. … Читать далее

MASAN

MASAN — Jan. Koreyadagi shahar. Kyonsan-Namdo provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 422 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oxiri). Transport yoʻllari tuguni. Chinxeman qoʻltigʻi (Koreya boʻgʻozi)dagi port. Kemasozlik, elektrotexnika, harbiy, toʻqimachilik, oziqovqat sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Shahar yaqinida GES qurilgan. Baliq ovlanadi va qayta ishlanadi. Пост Навигацияси

MANCHESTER

MANCHESTER — Buyuk Britaniyaning gʻarbiy qismidagi shahar. Katta Manchester ko-nurbatsiyasining bosh shaxri va metropoliten grafligining maʼmuriy markazi. Aholisi 430 ming kishidan ziyod (shahar atrofi bilan 2,6 mln. kishi). Transport yoʻllari tuguni. Eruell daryosi va Manchester kanalidagi yirik port (yillik yuk ortib-tushirish 10 mln. t dan ortiq). Mamlakatning mu-him sanoat va madaniy markazi. Sano-atining yetakchi tarmogʻi … Читать далее