MANILA

MANILAFilippin Respublikasi poytaxti. Luson o. ning jan.-gʻarbida, Manila qoʻltigʻi sohilida. Iqlimi subekvatorial iqlim, avg. —sent. da tayfunlar boʻladi. Aholisi 1,6 mln. kishi (2000). Katta Manila shahar va uning atrofi, bir necha qishloq va yoʻldosh shaharlarni oʻz ichiga olgan konurba-siyani (mayd. 832 km2) tashkil etadi. Shahar 16-a. ning 2-yarmida ispan konkistadorlari qurgan qalʼa oʻrnida vujudga kelgan. 1574-y. dan Ispaniya mu-stamlakasining maʼmuriy markazi, 1898-y. da AQSH tomonidan egallangan. 1942—45 y. larda Yaponiya bosib olgan. 1946-y. dan Filippin Respublikasi poytaxti.

Manila — mamlakatning muhim iqtisodiy va madaniy markazi. Savdo va transport yoʻllari tuguni. Manila porti orqali mamlakat importining deyarli hammasi, eksportining yarmidan ortiq qismi oʻtadi (yillik yuk ortib-tushirish 12 mln. t atrofida). Katta Manilada mamlakat sanoat korxonalarining 2/3 qismi joylashgan. Tikuvchilik, poyabzal, oziq-ovqat, yogʻochsozlik, neftni qayta ishlash, mashinasozlik sanoati korxonalari, kema verfi mavjud. Un-tlar, Filippin madaniyat markazi (teatr, muzey, badiiy galereya, kutubxonani oʻz ichiga olgan majmua), milliy muzey, San-Tomas muzeyi, filarmoniya bor. Meʼmoriy yodgorliklardan Intramuros r-nida (sobiq ispan kalʼasi) 16—18-a. larda qurilgan binolar saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x