FLORA DUNYOLARI

FLORA DUNYOLARI, Yer yuzi flora dunyolari — Yer yuzining muayyan hududlarida tarixan tarkib topgan, kelib chiqishi bilan oʻzaro oʻxshash floraparnit eng yirik birlashmalari. Flora dunyolarini bir-biridan farqlashda paleogeofafik omillar (asosan, boʻr davridan boshlab) hamda tuproq va iqlim sharoitlari muhim ahamiyatga ega. har bir Flora dunyolari tarixan uzok, geologik davr mobaynida muayyan hududda kelib chiqqan va … Читать далее

MADANIY OʻSIMLIKLARNING KELIB CHIQISH MARKAZLARI

MADANIY OʻSIMLIKLARNING KELIB CHIQISH MARKAZLARI — Yer sharida oʻsimliklarning muayyan turlari dastlab madaniylashtirilgan (dehqonchilikda ekilgan) va ularning genetik xilma-xilligi eng koʻp boʻlgan geografik markazlar. Madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish markazlari toʻgʻrisidagi taʼlimot madaniy oʻsimliklar seleksiyasi va ularning navlarini yaxshilash uchun boshlangʻich materiallarga ehtiyojlar tufayli yuzaga kelgan. Unga Ch. Darvinning biologik turlarning kelib chiqishida geografik markazlarning mavjudligi … Читать далее

OʻLIKBOSH

OʻLIKBOSH — arvoh kapalaklar oilasiga mansub kapalak. Tanasining uz. 60 mm ga yaqin, yoyilgan qanotlari — 130 mm gacha. Koʻkragi orqasida odamning bosh suyagiga oʻxshash sariq rasm bor (nomi shundan). Afrika, Oʻrta dengiz mamlakatlari, Yevrosiyo, jumladan, Janubiy Yevropa, Kavkaz, Turkmanistonda tarqalgan. Daraxtlardan kataklari devorini teshib, undagi asalni soʻrib oziqlanadi. Qurtining uz. 130 mm gacha. Noyob … Читать далее

KARST

KARST, karst hodisasi (Dinara togʻliginij shim.-gʻarbiy chekkasidagi Karst platosi nomidan) — togʻ jinslari (ohaktosh, dolomit, boʻr, gips, tuz)ning suvda erishi natijasida sodir boʻladigan hodisa. K. hosil qiluvchi togʻ jinslari yer sharida 51 mln. km2 ga yaqin maydonni egallaydi. Karstning rivojlanishi uchun suv harorati yuqori bulishi shart. Karst yer yuzidan chuqurlashgan sari kamayib boradi. Karstlar ochiq … Читать далее

SARIMSOQ

SARIMSOQ (Allium sativutn) — piyozdoshlar oilasi piyozlar turkumiga mansub ikki va koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turi, sabzavot ekini. Vatani — Oʻrta Osiyo. Yovvoyi xrlda Hindiston, Oʻrta dengiz atroflarida, Qozogʻiston, Sibir, Kavkaz va Oʻrta Osiyoda uchraydi. Oʻzbekistonda yovvoyi Sarimsoq (A. longicuspis Pgl.) togʻli mintaqalarda oʻsadi. Jahondagi deyarli barcha mamlakatlarda yetishtiriladi. Madaniy Sarimsoqning 2 turi mavjud boʻlib, … Читать далее

SIKLAMEN

SIKLAMEN, alp fialkasi (Cyclamen) — navroʻzdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi; ekma gul. Oʻrta dengiz va Gʻarbiy Osiyoda 15 turi, Qrim va Kav-kazda 8 turi maʼlum. Madaniy holda eng koʻp tarqalgani fors siklameni. Boʻyi 40— 50 sm, barglari koʻp, barg bandi uzun. Okt. —martda gullaydi, gullari yirik, gul shoxida gullaydi, rangi oq, pushti, … Читать далее

ICHKI DENGIZLAR

ICHKI DENGIZLAR — quruklik ichkarisidagi va okean yoki yondosh dengiz b-n bir yoki bir necha boʻgʻozlar orqali tutashgan dengizlar. Ular quruklik taʼsirida boʻladi, ayrim dengizlarda yuza suvlari dare oqimi hisobiga chuchuk (mas, Boltiq dengizi, Qora dengiz, Azov dengizi), boshqa dengizlarda quruq iqlimning taʼsiri natijasida va bugʻlanish katta boʻlgan materik oqimining taʼsiri kam boʻlgani uchun yuza … Читать далее

KRIT

KRIT — Oʻrta dengizning sharqiy qismidagi orol, Gretsiya hududi. Mayd. 8,3 ming km2. Uzunligi gʻarbdan sharqqa 260 km, eni 12 km dan 55 km gacha. Shim. qirgʻoqlari qoʻltiqlar bilan parchalangan, jan. kam parchalangan, jarli. Relyefi togʻli. Togʻ massivlari (eng baland joyi 2456 m, Ida togʻi) ohaktosh va slaneslardan tuzilgan, karst hodisasi keng tarqalgan. Iqlimi Oʻrta … Читать далее

KAP TOGʻLARI

KAP TOGʻLARI — Afrika jan. dagi togʻlar, JAR xududida. Uz. 800 km, eng baland joyi 2326 m. Soyliklar bilan ajralgan parallel tizmalardan iborat. Qumtosh va kvarsitlardan tuzilgan. Iqlimi qishi seryogʻin oʻrta dengiz tipidagi iqlim. Yogʻin bir meʼyorda yogʻadi (yiliga 600—800 mm). Qishda choʻqqilar qor bilan qoplanadi. Shamolga teskari yon bagʻirlari va ichki vodiylari landshafti chalachoʻl. … Читать далее

PIYOZ

PIYOZ (Allium) — loladoshlar oilasiga mansub ikki yillik va koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi, sabzavot va manzarali ekin. Shim. yarim sharda 500 ga yaqin turi maʼlum. Eng koʻp turlari Oʻrta Osiyo, Kavkaz, Sharqiy Sibirda, kamroq turi Yevropada va Uzoq Sharkda uchraydi. Oʻzbekistonda Piyozning doyra piyoz (qirqbarg piyoz), piskom P. (togʻ piyoz), koʻrimsiz piyoz, gʻadir-budur piyoz, … Читать далее