IQLIMGA MOSLASHISH

IQLIMGA MOSLASHISH, iqlimlashtirish — organizmlarning yangi hayot sharoitiga moslanishi va rivojlanishning barcha bosqichlarini oʻtab, yashovchan avlod berishi. Iqlimga moslashish deganda organizmning faqat boshqa iqlim sharoitiga emas, balki yangi biotsenozta moslashishi ham tushuniladi. Iqlimga moslashish 2 yoʻl b-n boradi: 1) organizmlarda moddalar almashinuvining oʻzgarishi, bun-day oʻzgarish (modifikatsiya) avlodga oʻtmaydi va organizmdagi reaksiya nor-masi bilan cheklanadi. Modifikatsiyada … Читать далее

QORAKOʻLCHILIK VA CHOʻL EKOLOGIYASI INSTITUTI

QORAKOʻLCHILIK VA CHOʻL EKOLOGIYASI INSTITUTI, Oʻzbekiston qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy tadqiqot instituti — qorakoʻlchilik sohasidagi yirik ilmiy markaz. Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiyishlab chiqarish markazi tarkibida. Samarqand sh. da joylashgan. 1930-y. 26 okt. da Kattaqoʻrgʻon st-yasi asosida mintaqaviy qorakoʻlchilik tajriba st-yasi tashkil qilindi. 1935-y. da tajriba st-yasi Oʻzbekiston qorakoʻlchilik i. t. institutiga aylantirildi, 1939-y. dan … Читать далее

DARRANDACHILIK

DARRANDACHILIK — teri (moʻyna) olish maqsadlarida qimmatbaho moʻynali hayvonlarni boqish; chorvachilik tarmogʻi. Darrandachilikda noyob moʻyna beradigan kumushrang-qora tulki, shimol (qutb) tulkisi, qorakuzan (norka), suvsar (sobol), nutriya (suv kalamushi), ondatra, qunduz va b. hayvonlar kataklarda boqib, yetishtiriladi. Koʻpgina mamlakatlarda sanoat asosida ishlaydigan maxsus Darrandachilik fermalari va xoʻjaliklari tashkil qilingan. Ular tovar (moʻyna) yetishtirish va naslchilik ishlari … Читать далее

KAR PILLA

KAR PILLA — qurti gʻumbak boʻlib ulgurmagan yoki gʻumbagi oʻlgan ipak qurti pillasi. Gʻumbak kasallik yoki noqulay sharoitlar tufayli oʻlishi oqibatida pilla ichki devoriga yopishib qoladi. Naslchilik maqsadlarida pilla saralashda ularni quloqqa yaqinlashtirib silkitib koʻrilganda Kar pilla tiqillagan ovoz bermaydi («karligi» shundan). Ovoz bergan pillalar esa nasl olish uchun yaroqli hisoblanadi. Kar pilla lardan ipak … Читать далее

QOʻY

QOʻY — quvushshoxlilar oilasi qoʻylar turkumiga mansub juft tuyoq-li, kavsh qaytaruvchi uy hayvoni. Qoʻy bundan 8 ming yil avval xonakilashtirilgan. Uning ajdodi yovvoyi qoʻylar (muflonlar, arxar, arkallar) hisoblanadi. Mavjud kalta dumli qoʻy zotlari muflonlardan, uzun dumli qoʻy zotlari va yogʻli dumli qorakoʻl qoʻylari arxarlardan, dumbali (hisori, jaydari va sh. k.) qoʻylar arkallardan kelib chiqqan. Qoʻy … Читать далее

IPPOLOGIYA

IPPOLOGIYA (yun. — ot va…logiya) — otlar toʻgʻrisidagi fan. I. ga oid birinchi yozma asarlar mil. av. bir necha yuz yil oldin Yunonistonda vujudga kelgan boʻlib, unda otning gavda tuzilishi, feʼl-atvori va otlardan foydalanish kabi maʼlumotlar bayon etilgan. Keyingi ayerlarda Ippologiya doirasi to-bora kengayib bordi. 20-a. boshlariga kelib Ippologiya otlarning evolyutsiyasi va ularni xonakilashtirish; anatomiyasi … Читать далее

QUYONCHILIK

QUYONCHILIK — chorvachilikning quyonlarni urchitish bilan shugʻullanadigan tarmogʻi. Quyonchilikning asosiy mahsuloti — goʻsht, teri va tivit. Quyon goʻshti toʻyimli parhez mahsuloti; terisi moʻyna sanoati uchun muhim xom ashyo; tiviti issiqlik oʻtkazuvchanligi jihatidan merinos qoʻylari junidan qolishmaydi, trikotaj, fetr, duxoba va b. mahsu-lotlar tayyorlashda ishlatiladi. Oʻzbekistonda 20-a. ning 30-y. laridan rivojlana boshladi. Shu davrda nasldor quyonlar … Читать далее

QIZILCHOʻL QORAMOL ZOTI

QIZILCHOʻL QORAMOL ZOTI — suti uchun boqiladigan zot. 18-asr oxirlarida Ukrainaning Zaporojye viloyatida kulrang choʻl qoramollarini qizil ostfrisland, anglen, shortgorn, nemis qizil qoramol zoti va vilstermash zotlari bilan uzoq yillar chatishtirib chiqarilgan. 1941-yilgacha nemis qizil mollari nomi bilan yuritilgan. Qizilchoʻl qoramol zotining tana tuzilishi mustahkam, boʻyi oʻrtacha balandlikda, tusi qizil (koʻpchiligining boshi va tanasida oq … Читать далее

QORAMOLCHILIK

QORAMOLCHILIK — chorvachilikning asosiy sohalaridan biri, aholini goʻsht, sut mahsulotlari hamda yengil sanoatni teri va b. xom ashyo bilan taʼminlaydi. q. chiqindisi boʻlgan goʻng dehqonchilikda yerlar unumdorligini oshirishda keng qoʻllaniladi (baʼzi mamlakatlarda qoramoldan ish hayvoni sifatida foydalaniladi). Qoramolchilik xoʻjalik tarmogʻi sifatida yovvoyi qoramol turlari xonakilashtirilgan paytdan paydo boʻlgan. Dastlab qoramoldan goʻshti uchun hamda ish hayvoni … Читать далее

DOʻNON

DOʻNON — uch yoshga toʻlib, toʻrt yoshga oʻtgan ot yoki tuya. D. lik davri, asosan, hayvonning tishiga va b. belgilariga qarab aniklanadi. Mas, D. Otning hamma sut tishlari oʻrniga doimiy tishlar chiqadi. Yoli, dumi, tuyok^pari oʻsgan boʻlib, koʻrinishi katta yoshdagi otlarga oʻxshaydi, jinsiy voyaga yetadi, naslchilik ishlarida foydalanila boshlaydi. Пост Навигацияси