MASHINASOZLIK SANOATI

MASHINASOZLIK SANOATI — xalq xoʻjaligi uchun mehnat qurollari, shuningdek, isteʼmol buyumlari va mudofaa ahamiyatiga ega boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi ogʻir sanoat sohalari majmui. Mashinasozlik sanoati butun xalqxoʻjaligini texnika bilan taʼminlashda moddiy asos hisoblanadi, ijtimoiy mehnat unumdorligi, texnika progressi, xalqning moddiy farovonligi va mamlakatning mudofaa quvvati Mashinasozlik sanoatining taraqqiyot darajasiga bogʻliq. Mashinasozlik sanoatining asosiy vazifasi xalq … Читать далее

MADREIMOV Poʻlat Shamshetovich

MADREIMOV Poʻlat Shamshetovich (1942.15.1, Qoraqalpogʻiston, Chimboy sh.) — baletmeyster. Oʻzbekiston xalq artisti (1977). Toshkent xoreografiya bilim yurtini tugatgan (1965). 1965 — 70 y. lar Qoraqalpoq teatrida baletmeyster, 1970—74 y. lar Qoraqalpoq davlat filarmoniyasida, ayni vaqtda 1970-y. dan «Oyqulash» ashula va raqs ansamblida badiiy rahbar. Raqslarida qoraqalpoq xalqining hayoti va urf-odatlari, tarixini xalq oʻyinlari va marosimlaridan … Читать далее

MUHAMMAD DOʻST

MUHAMMAD DOʻST Murod (1949.12.4, Samarqand viloyati Jom qishlogʻi) — yozuvchi va jamoat arbobi. ToshDU tarix ftining falsafa boʻlimini tugatgan (1971), Moskvadagi Adabiyot intida oʻqigan (1974-79). «Oʻzbekfilm» kinostudiyasida ssenariychi (1979—84), «Sharq yulduzi» jur. ida boʻlim mudiri, bosh muharrir oʻrinbosari (1984—89), «Literaturnaya gazeta»ning muxbiri (1989—90), Prezident devonida masʼul xodim (1990—92), OʻzR Milliy axborot agentligi bosh direktori (1992-93; … Читать далее

MEHNAT TAQSIMOTI

MEHNAT TAQSIMOTI — mehnat turlarining bir-biridan ajralib mustaqil ahamiyat kasb etishi; mehnat turlarining ixtisoslashuvi. Mehnat taqsimoti yuz berganda bir mehnat turidan ikkinchisi, ikkinchisidan uchinchisi va h. k. ajralib chiqadi va shu jarayon uzluksiz davom etaveradi. Har bir mehnat turi mustaqil vazifani boshqa mehnat turlari bilan bogʻlanib, i. ch. da qatnashgan holda bajaradi. Mehnat taqsimoti mehnat … Читать далее

MEHNAT BOZORI

MEHNAT BOZORI — ish kuchi oldisotdi qilinadigan bozor. M. b. ning ishtirokchilari ishga yollovchilar, ishga yollanuvchilar va ular oʻrtasidagi turli vositachilar hisoblanadi. Turli vositachi firmalar, tashkilotlar va agentliklar Mehnat bozorining infratuzilmasini tashkil etadi. Ish kuchi maxsus tovar sifatida uning sohibi tomonidan bozorga taklif etiladi. Ishga yollovchilar Mehnat bozoriga talab b-n chiqadi. Ish kuchining oldisotdisi bevosita … Читать далее

MONUMENTAL RANGTASVIR

MONUMENTAL RANGTASVIR — rang-tasviryaing meʼmorlik bilan bogʻliq turi; binolarning ichki qismi, shiftlari, qisman binoning tashqi tomoni devorlariga ishlangan tasvirlar. Monumental rangtasvir jamiyat hayotidan olingan muhim voqea va hodisalar, chuqur falsafiy tushunchalarni aks ettiradi. Uzoqdan koʻrishga moʻljallanganligi uchun obrazlarni umumlashma tarzda tasvirlashga, mayda qismlardan kamroq foydalanishga qarakat qilinadi. Ranglar ham birmuncha shartli olinishi mumkin. Ishlanish usuliga … Читать далее

MUGʻANNIY

MUGʻANNIY Safo (taxallusi; asl ism-sharifi Olloberganov Safo; 1882, Xiva yaqinidagi Gandimiyon qishlogʻi — 1940) — shoir, bastakorsozanda, jamoat arbobi. Mehnat Qahramoni (1936). XXSR maorif nozirligida madaniyat boshqarmasi boshligʻi (1920—22), yersuv islohotini oʻtkazish davrida yer shoʻbasi raisi (1925—26), Urganch tumani ijroiya qoʻmitasi raisi (1927— 28), Xorazm okrug teatrida rejissyor (1929—37); ayni paytda oʻqituvchilik b-n shugʻullangan (1935 … Читать далее

MISKARLIK

MISKARLIK — hunarmandlikning qad. sohasi; mis va uning metallar bilan qotishmasidan qurollar, uy-roʻzgʻor buyumlari va b. yasash kasbi. Miskarlikda buyumlar 2 xil usulda — eritib quyib yoki bolgʻalab yasaladi. Ish jarayonida metall tez-tez qizdirib turiladi. Murakkab shaklli buyumlar yasashda avval ayrim boʻlaklar quyilib, soʻng ular birbiriga qalaylanadi. Buyumlar qolipdan koʻchirilgach tozalanib, soʻng unga naqqoshlar chizma, … Читать далее

MIRZO TURSUNZODA

MIRZO TURSUNZODA [1911.19.4 (2.5), Tojikiston, Regar tumani Qoratogʻ qishlogʻi —1977.27.3, Dushanba] — tojik shoiri va jamoat arbobi. Tojikiston xalq shoiri (1961). Mehnat Qahramoni (1967), Tojikiston FA akad. (1951). Tojik dramaturgiyasining asoschilaridan biri. Dastlab eski maktabda, keyinroq yangi usuldagi maktabda tahsil olgan. Toshkentdagi tojik ped. bilim yurtida oʻqigan (1930). «Komsomoli Tojikiston» gaz. da boʻlim mudiri, masʼul … Читать далее

PROGRAMMALASH

PROGRAMMALASH, dasturlash — 1) elektron mashinalarda masalalarni yechish hamda ularda har xil akdiy mehnat turlarini bajarish na-zariyasi va usullarini ishlab chi-qish bilan shugʻullanadigan fan; algo-ritmlar nazariyasining amaliy boʻlimi; insonning mashina bilan aloqa qilish vositasi. Asosiy vazifalaridan biri elektron mashinalar uchun programma (dastur) tuzish usullari, ularni tekshirish va takomillashtirishdan iborat. Yechilishi lozim boʻlgan masala algoritmы Programmalashda … Читать далее