MUGʻANNIY

MUGʻANNIY Safo (taxallusi; asl ism-sharifi Olloberganov Safo; 1882, Xiva yaqinidagi Gandimiyon qishlogʻi — 1940) — shoir, bastakorsozanda, jamoat arbobi. Mehnat Qahramoni (1936). XXSR maorif nozirligida madaniyat boshqarmasi boshligʻi (1920—22), yersuv islohotini oʻtkazish davrida yer shoʻbasi raisi (1925—26), Urganch tumani ijroiya qoʻmitasi raisi (1927— 28), Xorazm okrug teatrida rejissyor (1929—37); ayni paytda oʻqituvchilik b-n shugʻullangan (1935 — 37). Yoshlik kezlarida musiqa sanʼatiga qiziqib, zamonasining koʻzga koʻringan sozanda va xonandalaridan tanbur, dutor va b. musiqa asboblarida kuy chalish hamda ashula aytishni oʻrgangan. Komil Xorazmiyaan taʼlim olgan. Sozandalik va xonandalik mahoratini oshirish bilan birga ustozi taʼsirida sheʼrlar ham yozgan. Xorazm shoirlarining, shuningdek, oʻzining sheʼrlariga kuy bastalagan. Mugʻanniyning bizga qadar yetib kelgan sheʼrlarida maʼrifatni ulugʻlash, Xorazm axlining nurli kelajagiga umid, yoshlarni millat va vatan baxtsaodati yoʻlida ishlashga daʼ-vat ohanglari ustuvorlik qiladi. Mugʻanniy 1937-y. 28 avg. da «xalq dushmani» sifatida qamoqqa olinib, oʻsha yilning 28 noyab. da 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan va mustabid tuzumning lagerlaridan birida vafot etgan.

Naim Karimov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x