MONTEVIDEO

MONTEVIDEO — Urugvay poytaxti. Montevideo departamentining maʼmuriy markazi. La-Plata qoʻltigʻining shim. sohilida joylashgan. Aholisi 1,4 mln. kishi (1997). Iklimi subtropik, sernam iqlim; yanv. da oʻrtacha t-ra 23°, iyulda 10°. Yillik yogʻin 1000 mm. Montevideoga 1726-y. da ispanlar asos solgan. 1777-y. da Portugaliya, 1807-y. da Buyuk Britaniya bosib olgan. 1816—28 y. larda Braziliya tarkibida boʻlgan. 1828-y. … Читать далее

OʻRDAK

OʻRDAK, xonaki oʻrdak — oʻrdaksimonlar oilasiga mansub parranda. Mil. dan ming yil oldin xonakilashtirilgan. Yovvoyi oʻrdak — kryakvadan kelib chiqqan. Oʻrdak deyarli barcha mamlakatlarda, ayniqsa, Xitoy (562 mln. bosh), Indoneziya (28 mln. bosh), Vyetnam (50 mln. bosh)da koʻp urchitiladi. Jahonda jami 830 mln. bosh Oʻrdak boqiladi (1999). Oʻrdakning tana tuzilishi qayiqsimon, koʻkragi keng, boʻyni va … Читать далее

KASHNICH

KASHNICH (Coriandrum) — soyabonguldoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻsimliklar turkumi, efir moyli va koʻkat-sabzavot ekini. Oʻrta dengiz atroflarida 2 turi, Oʻrta Osiyoda 1 turi — ekma Kashnich (C.sativum) oʻsadi. Yevropa, Shim. Afrika, Osiyo, Shim. Amerika, mamlakatlarida, Ukraina, Rossiyaning markaziy qoratuproq viloyatlarida xoʻjalik maqsadlarida ekiladi. Urugʻidan yetishtiriladi. Kashnich poyasi qirrali, sershox, barglari uzun bandli. Gullari oq … Читать далее

KRAXMAL

KRAXMAL (nem. kraftmehl) — oʻsimlikning asosiy uglevod zahirasi. Umumiy formulasi (S6N|()O5)g. Rangsiz amorf modda. Fotosintez jarayonida oʻsimliklarning barglarida hosil boʻladi. Kraxmalni toʻla gidrolizlab, glyukoza olinadi. U oʻsimliklarning turli qismlarida, ayniqsa, kartoshka tuguvagida, ildizida, bugʻdoy, sholi va makkajoʻxori donida dovachalar shaklida tuplanadi. Kraxmal miqdori bugʻdoyda 75%, makkajuxorida 72%,guruchda 80%,kartoshkada 12 — 24% ga yetadi. Turli oʻsimliklardan … Читать далее

TOʻQMOQ

TOʻQMOQ — Qirgʻizistondagi shahar (1927-y. dan). Chu vodiysining sharqiy qismida, Chu daryosining chap sohilida. Aholisi 71,7 ming kishi (1990-y. lar oxirlari). Toʻqmoq 19-a. boshlarida Qoʻqon xonligi hududida qalʼa sifatida vujudga kelgan. Aholisi hunarmandchilik va savdosotiq bn shugʻullangan. 1938-y. da Toʻqmoq sh. gacha t. y. oʻtkazilgan. Sanoat mahsulotlari i. ch. boʻyicha (Bishkekdan keyin) 2oʻrinda turadi. Toʻqmoqda … Читать далее

XMELNISKIY VILOYATI

XMELNISKIY VILOYATI (1954-y. gacha Kamenes-Podolskiy) — Ukraina tarkibidagi viloyat. 1937-y. 22 sent. da tashkil etilgan. Mayd. 20,6 ming km2. Aholisi 1396 ming kishi (2004), asosan, ukrainlar (90,8%); shuningdek, rus, polyak, yahudiy, belorus va b. millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 32%. Muhim shaharlari: Xmelniskiy, KamenesPodolskiy, Shepetovka, Slavuta. 20 tuman, 24 shaharcha bor. Markazi — Xmelniskiy … Читать далее

XMELNISKIY

XMELNISKIY (1954-y. gacha Proskurov) — Ukrainaning Xmelniskiy viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Jan. Bug daryosi boʻyida. T. y. chorrahasi. Aholisi 254 ming kishiga yaqin (2004). X. 15-a. da istehkom sifatida vujudga kelgan (B. Xmelniskiy nomi bilan atalgan). 1793-y. gacha Polsha tarkibida, 1793-y. dan Rossiya imperiyasida. Mashinasozlik (transformator kichik styasi, temirchilikpresslash asbobuskunalari, radioapparatura, priborlar i. ch.), qurilish … Читать далее

XONKENDI

XONKENDI (1990-y. lar boshigacha Stepanakert) — shahar, Ozarbayjon Respublikasi tarkibidagi Togʻli Qorabogʻ markazi. T. y. stansiyasi. Aholisi 55,2 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Yengil (ipak kti, poyabzal, gilam, tikuvchilik fkalari) va oziq-ovqat (sut, goʻsht ktlari, vino zavoddari) sanoatlari rivojlangan. Asfaltbeton, elektrtexnika, q. x. mashinalari zavodlari, qurilish materiallari kti, mebel fkasi bor. Pedagogika inti, teatr, tarixiyoʻlkashunoslik … Читать далее

KEMEROVO VILOYATI

KEMEROVO VILOYATI — RFdagi viloyat. 1943-y. 26 yanv. da tashkil etilgan. Mayd. 95,5 ming km2. Aholisi 2987 ming kishi (2000), asosan, ruslar; shuningdek, ukrain, mordva, chuvash, gagar, shoriyaliklar ham yashaydi. Shaharliklar 87%. 19 tumanga boʻlingan, 19 shahar, 47 shaharcha bor. Markazi — Kemerovo sh. Kemerovo viloyatining aksari qismi sharqda Kuznesk Olatovi, gʻarbda Salair qoyasi bilan … Читать далее

DUBLIN

DUBLIN — Irlandiya poytaxti. Irlandiya o. ning sharqida, Liffi daryosining Dublin qoʻltigʻiga quyilish yerida joylashgan. Aholisi 953 ming kishi (1996, shahar atrofi b-n). Iqlimi dengiz iqlimi. Iyulning oʻrtacha t-rasi 15 — 17°, yanv. niki 5°, yiliga 842 mm yogʻin yogʻadi. Dublin toʻgʻrisida dastlabki maʼlumot Irlandiya manbalarida 291-y. dan uchraydi. 9-a. dan Dublinni normannlar bosib olgan. … Читать далее