KOVATOK

KOVATOK, kovatok doʻlma — masalliklari tok bargiga oʻrab tayyorlanadigan milliy taom. Tayyorlanishi doʻlma usulida. Yogʻliq goʻsht va piyozdan toʻz, murch, qalampir solib qiyma tayyorlanadi. Yangi uzib olingan tok barglari issiq suvda yuviladi va har bir bargga qiyma solib oʻraladi. Oʻralgan Kovatok ipga tiziladi. Kovatok palov shoʻrvasiga goʻsht oʻrnida solib pishirilsa Kovatok palov (tok oshi), qozonga … Читать далее

MOMBASA

MOMBASA — Keniyadagi shahar, Hind okeanidagi marjon orolida, materik bilan damba va koʻprik orqali bogʻlangan. Sohilboʻyi provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 450 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). Sharqiy Afrika va mamlakatning yirik porti (yillik yuk ortib-tushirish 6 mln. t dan ortiq) boʻlib, chuqur suv osti prichallari bilan jihozlangan, okean kemalari ham kira oladi. T. y. … Читать далее

MAYIN JUNLI QOʻYLAR

MAYIN JUNLI QOʻYLAR — jun qoplami oʻta zich joylashgan tivit toifasidagi mayin toladan tashkil topgan qoʻylar guruhi. Mayin junli qoʻylar qadimdan urchitiladi. Avstraliya, Yevropa, AQSH, Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Ukraina va b. mamlakatlarda boqiladi. Mayin junli qoʻylar teri sathining 1 sm2-maydonchasida 4 — 11 ming jun tolasi joylashgan boʻlib, oʻrtacha diametri 25 mkm dan oshmaydi. Mayin … Читать далее

XOʻJAYLI

XOʻJAYLI (Xoʻjaeli) — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumakmdagi shahar. Tuman markazi. Amudaryoning quyi oqimi chap sohilida, Nukusdan 24 km; t. y. stansiyasi, daryo pristani. Shahar oʻrtasidan Toshliyop kanali oʻtadi. Aholisi 75,4 ming kishi (Vodnik shaharchasi bilan birga, 2003). «X.» atamasi 17-a. oxiri —18-a. boshlarida paydo boʻlgan. Rus tadqiqotchisi A. L. Kunning X. haqida 1874-y. eshitgan rivoyatlardan … Читать далее

SINXAY

SINXAY — Xitoyning shim.gʻarbiy qismidagi provinsiya. Mayd. 721 ming km2. Aholisi 5,03 mln. kishi (1999), aksari qismi xitoylar, shuningdek, tibet, dungan, qozoklar ham yashaydi. Maʼmuriy markazi — Sinin sh. Yer yuzasi, asosan, togʻ va tekisliklardan iborat. Saydam soyligi shimdan Nanshan va Oltintogʻ, jan. dan Kunыgun togʻlari bilan oʻralgan. Ja-nubrokda Tibet togʻligining shim.-sharqiy kismlari joylashgan. Iklimi … Читать далее

MOGILYOV

MOGILYOV — Belorussiyadagi shahar, Mogilyov viloyati markazi. Dnepr daryosi sohillarida joylashgan. T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Dnepr daryosidagi pristan. Aeroport bor. Aholisi 371,4 ming kishi (1998). Mogilyov viloyat sanoat mahsulotining yarmini beradi. Muhim tarmoqlari: metallsozlik va mashinasozlik (avtomobil, qurlish materiallari sanoati uchun asbob-uskunalar ishlab chiqariladigan «Strommashina», «Elektrodvigatel», metall konstruksiyalar, lift z-dlari), kimyo («Lavsan» sintetik … Читать далее

PARRANDACHILIK

PARRANDACHILIK — uy parrandalarini yetishtirish; chorvachiyaikning bir tarmogʻi. Parrandachilikning asosiy mahsuloti — oziq-ovqatga ishlatiladigan tuxum va goʻsht; qoʻshimcha mahsuloti — parranda pati va pari. Parrandalarni soʻyish va uni qayta ishlash chiqindilaridan yem uni ishlab chiqariladi. Parranda goʻngi — qimmatli organik oʻgʻiti. Parrandachilikda tuxum, asosan, tuxum yoʻnalishidagi, qisman goʻsht-tuxum va goʻsht yoʻnalishidagi tovuq zotlari va krosslaridan … Читать далее

PALOV

PALOV — milliy taom turi. Pishirish usulining xilma-xilligiga va ishlatiladigan masalligʻining turiga qarab Palovning 40 dan ortiq turi bor. Mac, qovurma Palov, ivitma Palov, mayizli Palov, bedana P., qazi P., behili Palov, toʻgʻrama Palov, toʻy P., qiyma Palov, va b. P. ning sofaki Palov (Samarqand viloyati), qorma Palov (Qashqadaryo), suzma P. (Xorazm), ugra Palov (Surxondaryo) … Читать далее

KOʻNCHILIK

KOʻNCHILIK — hayvon terisidan charm (koʻn) tayyorlash kasbi; hunarmandchilikning qad. turlaridan biri. Ibtidoiy odamlar hayvon terisidan charm tayyorlash sirlarini bilishmagan; ular, asosan, xom terilarni yopinib yurishgan. Bunday hol uzoq davom etishi mumkin emasdi, chunki tabiat injiqliklari odamlarning yaxshiroq oʻranib-chirmanib yurishlarini taqozo qilardi. Neolitning soʻnggi bosqichi va jez davri boshlarida chorvachilik yuzaga keldi. Shundan soʻng Koʻnchilikning … Читать далее

MOSHXOʻRDA

MOSHXOʻRDA — suyuq taom. Masalligʻi va tayyorlash usuliga koʻra, qiymali Moshxoʻrda, goʻshtli jazlama Moshxoʻrda, poʻstdumbali Moshxoʻrda kabi turlari bor. Goʻshtli yoki poʻstdumbali Moshxoʻrda tayyorlash uchun goʻsht yoki poʻstdumba mayda qilib toʻgʻraladi. Piyoz, pomidor, kubik qilib toʻgʻralgan sabzi va b. masalliklar dogʻlangan yogʻda yaxshilab qovuriladi, soʻngra suv quyiladi, ziravorlar, yuvilgan mosh solinadi va mildiratib qaynatiladi, mosh … Читать далее