FOTOSINTEZ

FOTOSINTEZ (foto… va sintez) — yuksak oʻsimliklar, suvoʻtlar va ayrim fotosintezlovchi bakteriyalarda xlorofill va b. fotosintetik pigmentlar oʻzlashtiradigan yorugʻlik energiyasi hisobiga oddiy birikmalardan murakkab moddalar hosil boʻlishi. Fotosintez tabiatda sodir boʻladigan eng, muhim biologik jarayonlardan biri. Fotosintezda kuyosh energiyasi organik birikmalardagi kimyoviy energiyaga aylanadi. Fotosintezda hosil boʻlgan organik birikmalar barcha tirik organizmlar uchun asosiy hayot … Читать далее

TEMPERATURA INVERSIYASI

TEMPERATURA INVERSIYASI (atmosferada) — atmosferaning biror qatlamida balandlikka qarab havo trasining ortib borishi. Inversiya katlami shiddati uning quyi chegarasi balandligi, vertikal kalinligi va inversiyaning chuqurligi, yaʼni yuqori va quyi chegaralari orasidagi tra farqi bilan ifodalanadi. Inversiya troposferstnng turli balandliklarida hosil boʻladi. Balandlik boʻyicha inversiya Yerga yaqin, yaʼni faol Yer yuzasidan boshlanadigan inversiya va erkin atmosfera … Читать далее

TERMOKIMYO

TERMOKIMYO — kimyoviy termodinamikaning bir boʻlimi. Kimyoviy reaksiyalar jarayonida issiklik effektini oʻlchash yoki hisoblash, moddaning agregat holati oʻzgarishi bilan bogʻliq fizikkimyoviy jarayonlar, suyulish, erish, suyultirish va b. ni tadqiq qiladi. Termokimyo fizikkimyoviy sistemalarning issiklik sigʻimini va ularning haroratga bogʻliqligini ham miqdoriy jihatdan oʻrganadi. Termokimyoda issiqlik sigʻimi, yonish issiqligi, entalpiya, entropiya, izobari zotermik potensial kabi kattaliklar … Читать далее

REFRAKSIYA

REFRAKSIYA (lot. refractus — singan) — yorugʻlik nuri yoki elektromagnit toʻlqinlari atmosferaning turli katlamlari (zichligi, trasi, namligi, bosimi, sindirish koʻrsatkichi va b. xususiyatlari turlicha boʻlgan qatlamlari)dan oʻtishida ularning egilish hodisasi. Yorugʻlik atmosferaning har xil qatlamlaridan sinib oʻtib, egri chiziq boʻyicha tarqaladi. Shu sababli, kuzatuvchi obyektni uning haqiqiy oʻrni yoʻnalishida emas, balki kuzatish nuqtasida vizirlash (qarash) … Читать далее

PAST TEMPERATURALAR

PAST TEMPERATURALAR — kriogen temperaturalar — suyuq havoning qay-nash t-rasi (80K) dan past t-ralar; Xalqaro sovuqlik in-tining 1971-y. dagi 13 kongress ida qabul qilingan tavsiyaga binoan, 120 K dan past t-ralar. Mutlaq nol t-ra (—273° yoki OK.) dan hisoblanib, kelvinda ifodalanadi. Past temperaturalarni hosil qilish va saklab turishda, odatda, suyultirilgan gazlardan foydalaniladi. Buning uchun maxsus … Читать далее

FOTOMATERIALLAR

FOTOMATERIALLAR — fotografiya va kinematografiyami fotografik tasvir hosil qilish uchun qoʻllanadigan yorugʻlik sezgir materiallar, ularga kimyoviy ishlov beradigan reaktivlar va yordamchi vositalar. Fotomateriallar yoruglik sezgir komponentining kimyoviy tarkibiga qarab, kumushli va kumushsiz xillarga boʻlinadi. Kumushsiz Fotomateriallarning yorugʻlik sezgirligi past boʻlib, faqat pozitivlar olishda qoʻllanadi. Fotomateriallar fotoplastinkalar (asosi shisha plastina), fotoplyonkalar (asosi selluloid), kinoplyonkalar va fotoqogʻozlar … Читать далее

PLAZMA KIMYOSI

PLAZMA KIMYOSI, plazmokimyo — fizikkimyoning past t-rali plazmadagi fizikkimyoviy jarayonlarni, undagi reaksiyalar kinetikasi va me-xanizmini, plazmokimyoviy texnologiya asoslarini oʻrganuvchi boʻlimi. Fizika nuqtayi nazaridan Plazma kimyosida qoʻlla-nadigan plazma (termoyadro plazmasiga nisbatan) past t-rali (103—105 K, ionlanish darajasi 10~6—10^ʻ), kimyo va kimyoviy texnologiya nuqtayi nazaridan esa eng yuqori t-rali hisoblanadi. Plazma kimyoda endotermik reaksiyalarni amalga oshirish yoki … Читать далее

REAKTIV KUCH

REAKTIV KUCH, reaktiv tortish kuchi — reaktiv dvigatel soplosidan chiqayotgan gaz oqimining reaksiya (itarish) kuchi. Reaktiv kuch dvigatelning ichki va tashqi sirtiga taʼsir qilayotgan kuchlarning teng taʼsir etuvchisi hisoblanadi. Dvigatel tashqi sirtining har bir elementi (dS yuzasi)da atmosfera bosimi, ichida esa atmosfera bosimiga nisbatan katta boʻlgan dvigatel ish jismi (gaz)ning bosimi mavjud. Reaktiv kuch soplo … Читать далее

ELEKTR PECh

ELEKTR PECh — elektr hodisalarining issiqlik ajratish xossasidan foydalaniladigan eritish yoki qizdirish pechi. Elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirish usuliga koʻra, yoy pechi, shduksion pech, elektronnurli pech, dielektrik qizdirish qurilmalari va boshqalar; ishlatilish sohalari boʻyicha sanoat, lab., kommunal xoʻjalik, uyroʻzgʻor uchun moʻljallangan xillarga boʻlinadi. Elektr pechda ish muhiti (havo, agressiv muhit, inert atmosfera va boshqalar), tok … Читать далее

POLIMERLAR

POLIMERLAR (yun. polymeres — koʻp qismlardan tashkil topgan) — molekulalari (makromolekulalar) bir yoki bir necha turli koʻp sonli takrorlanuvchi guruxlar (monomer zvenolari)dan tashkil topgan yuqori molekulyar massali (bir necha mingdan bir necha milliongacha) kimyoviy birikmalar. Makromolekula tarkibidagi atomlar bir-biri bilan asosiy yoki koordinatsion valentlik kuchi vositasida bogʻlangan. Polimerlar tabiiy — biopolimerlar (rksillar, nuklein kislotalar, tabiiy … Читать далее