SHOHMUROD

SHOHMUROD (1741/49 Buxoro 1800.30.11) Buxoro amiri (17851800), lshn/itlardan. Muhammad Doniyolbiy otaliqning oʻgʻli. Shohmurod otasi vafot etgach, uning «amirul umaro» unvonini qabul qilgan va rasmiy ravishda Buxoro taxtida oʻtirgan chingiziy Abulgʻozixonni hokimiyatdan chetlatib, oʻzini Buxoro amiri deb eʼlon qilgan (1785 yil 9-iyunʼ). Oʻnta ukasining har biriga bittadan viloyat hokimligini berib, siyosiy tarqoqlikka barham bergan. Shohmurod faol … Читать далее

SHOH JAHON

SHOH JAHON (1592.5.1, Lohur 1666.22.1, Agra) — Boburiylar saltanati hukmdori (1627—58), Jahongirshohning 3-oʻgʻli. Asl ismi Xurram. 1616 yil Dekan (toʻgʻrirogʻi — Dakan)dagi gʻalabasidan soʻng Shoh Jahon nomini olgan. 1622—25 yillar otasi Jahongirshohga qarshi urushib, yengilgan. 1627-yilda taxt uchun kurashlarda gʻolib boʻlib, «Abul Muzaffar Shahobiddin Muhammad Sohibqironi Soniy» taxallusini olgan. Taxtga oʻtirgan zahoti bir qancha isyonlarni … Читать далее

SHOFIʼIY

SHOFIʼIY, toʻliq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Idris ibn Abbos ash-Shofiʼiy (767, Falastin, Gʻazo shahri — 820, Qohira) — imom, shofiʼiylik mazhabining asoschisi, faqih. Makkada yashagan, hadislar va fiqhni oʻrgangan. Koʻp yerlarga safar qilgan. Makka muftisi Muslim Xolid az-Zanjiydan va Madinada Molik ibn Anasdan taʼlim olgan. Imomi Aʼzamning shogirdi Muhammad ibn Hasan bilan Bagʻdodda yaqin … Читать далее

SAID ABDULLOH BUXORIY

SAID ABDULLOH BUXORIY (16 a oxiri, Buxoro — 1647, Hijoz) — xattot; «Darvish Abdiy» va «Mavlaviy» laqablari bilan maʼlum. Dastlab Buxoroda, soʻngra isfahonlik xattot Mir Imod Husayniydan taʼlim olgan. U Istanbul, Isfahon sh. larida, Misrda boʻlgan. Istanbulda nastaʼliq xatini joriy qilgan, Sulton Muhammad IV buyrugʻi bilan «Shohnoma»ni koʻchirgan. Haj safaridan keyin umrining oxirigacha Hijozda yashagan. … Читать далее

SHARIF

SHARIF (arab. — olijanob, aslzoda) — Muhammad (sav) avlodlarining nomiga qoʻshiladigan hurmat soʻzi. Oʻrta asrlardan boshlab 7 shahar; Makka, Madina, Quddus, Bagʻdod, Damashq, Mozori Sharif va Buxoro sh. lari diniy markaz sifatida shuhrat qozongani uchun, ularga «Sharif» soʻzi qoʻshib aytiladigan boʻlgan. Shuningdek, bir necha atamalarga sifat tarzida qoʻshilgan holda (mas, hadisi Sharif, kalomi Sharif, musʼhafi … Читать далее

SULTONALI MASHHADIY

SULTONALI MASHHADIY (1437 Mashhad — 1520) — xattot, shoir, xat nazariyotchisi; nastaʼliq xati rivojiga va keng tarqalishiga ulkan hissa qoʻshgan. «Sulton ulxattotin» («Xattotlar sultoni») va «Qiblat ulkuttob» («Kotiblar qiblasi») nomli yuksak unvonlar sohibi. Xattotlikka bolaligidan ishtiyoqi baland boʻlgan. Sultonali Mashhadiyning ustozlari — xattot Zahiriddin Azhar va Xoja Hofiz Muhammad. S. M. madrasada taʼlim olgan, soʻng … Читать далее

SHOHNOMA

«SHOHNOMA» — qadimgi shohlar haqidagi rivoyat, afsonaviy va epik dostonlardan iborat kitoblar nomi. Dastlab sosoniylar davri (3—6-asrlar) da pahlaviy tilida «Xvataynamak» («Xudoynoma» — «Hukmdorlar haqida kitob») toʻplami yaratilib, 10-asrda «Shohnoma» nomi bilan qayta ishlangan. 9—10 ta «Shohnoma» yaratilgani tarixdan maʼlum. 9 — 10-asrlarda ularning koʻpi arab tiliga ham tarjima qilingan. Lekin ularning birortasi bizgacha toʻliq … Читать далее

TIBBIYOT

TIBBIYOT, meditsina, tabobat — kishilar sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmui. Tibbiyot tibbiybiologik, klinik, tibbiyijtimoiy va gigiyenik fanlarga boʻlinadi. Tibbiybiologik fanlarga: odam gavdasining tuzilishini oʻrganadigan anatomiya, gistologiya va sitologiya; organizmning odatdagi holatini, unda kasallikning paydo boʻlishi, avj olishi, kechishi va yuz beradigan struktur … Читать далее

TEMURIYLAR

TEMURIYLAR, Temuriylar davri — oʻrta asrlarda sohibqiron Amir Temur asos solgan markazlashgan buyuk saltanatni idora etgan sulola. T. hududi shim. da Ili daryosi va Xorazm (Orol) dengizidan jan. da Fors qoʻltigʻiga qadar, sharqda Xitoy va Hindistondan gʻarbda Trabzun (Qora dengiz)ga qadar ulkan maydonni qamragan. Davlat tuzilishi, qonun va qoidalari jihatidan Temuriylar musulmon Sharqida oʻrta asrlarda … Читать далее

SHARQ NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI

«SHARQ» NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI — gazeta-jurnallar, bosma nashrlar chop etish kompleksi. Toshkent shahrida joylashgan. Respublikaning markaziy gazeta va jurnallarini, qattiq va yumshoq muqovadagi kitoblar, broshyuralar, yorliqlar, fotoalbomlar, tasviriy sanʼat mahsulotlari va boshqalar bosma mahsulotlar chiqaradi. Uning tarixi 1921-yilda tashkil topgan bosmaxona va 1924-yilda tashkil etilgan «Sredazkniga» nashriyotidan boshlanadi. 1924-yildan «Qizil Oʻzbekiston» gazetasining bosh idorasi. 1947-yilda … Читать далее