BERING Vitus Ionassen

BERING Vitus Ionassen (Ivan Ivanovich) (1681 —1741.8.12)—dengizchi sayyoh, kapitankomandor. Asli daniyalik, 1703-y. rus flotiga taklif qilingan. 1724-y. gacha Boltiq va Azov dengizlari flotlarida xizmat qilgan. Beringga 1725-y. da Osiyo bilan Amerika quruqlik orqali tutashganligi yoki boʻgʻoz orqali ajralganligipi anik^ash vazifasi topshirilgan. IKamchatka ekspeditsiyasi (1728—30)ga boshliq qilib tayinlangan. Ekspeditsiya Chukotka yarim oroli bilan Alyaska oraligʻidagi boʻgʻoz (keyinchalik Bering nomiga qoʻyilgan) orqali 67° 18ʻ gacha suzib oʻtib yana orqaga qaytadi. Bering 1733-y. 2Kamchatka ekspeditsiyasiga boshliq qilib tayinlandi. 1741-y. 17-iyulda Bering dengiz orqali Shim. Amerika sohillariga yetib bordi. Aleut o. laridan baʼzilarini kashf qildi. Orqaga qaytishda Kamchatka sharqidagi orollardan biri (hoz. Bering o.)da qishladi va oʻsha yerda vafot etdi. Bering nomiga Tinch okean shim. dagi dengiz, boʻgʻoz va orol qoʻyilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x