BUSSOL

BUSSOL (frans. boussole — quticha) — 1) joydagi yoʻnalishlarning magnit azimutini oʻlchash uchun moʻljallangan asbob. Ishi magnit meridiani bilan biror predmetga tomon yoʻnalgan chiziq orasidagi gorizontal burchaklarni oʻlchashga asoslangan. Bussolni mukammallashtirilgan kompas deyish mumkin. Kichik joylarning uncha aniqmas gorizontal tarxini olishda ishlatiladi. Oʻlchash uchun Bussolni shtativ ustida burib, magnit milining shim. uchi limbdagi 0° ga … Читать далее

BATOMETR

BATOMETR — suvning kimyoviy va fizikaviy xossalarini tekshirish, undagi organik hamda anorganik koʻshilmalarini aniqdash maqsadida tabiiy suv havzalaridan muayyan chuqurlikda namuna oladigan asbob. Tez toʻladigan va sekin toʻladigan xillari boʻladi. Tez toʻladigan dengiz B. ichi boʻsh metall silindr boʻlib, qopqoq va termometr bilan taʼminlanadi. Oddiy shisha idish sekin toʻladigan Batometr vazifasini oʻtaydi. Shisha idish maʼlum … Читать далее

VATERPAS

VATERPAS (gollandcha Waterpas) — gorizontallikni tekshirish va kichik qiyalik burchaklarini oʻlchash uchun ishlatiladigan oddiy asbob. Shovun osilgan tik (vertikal) yogoch (yoki plastmassa) ustuncha. Ustuncha tagiga asos (brus) mahkamlanadi. Yer tekislash ishlari, duradgorlik va b. da ishlatiladi (yana q. Adilak, shayton). Пост Навигацияси

BOLLS ASBOBI

BOLLS ASBOBI — paxta tolasining uzunligi oʻlchanadigan asbob. Ingliz ixtirochisi V. L. Bolls nomidan. Choʻzish apparati va undan olingan piltani lentaga boʻlib chiquvchi moslamadan iborat. Choʻzish apparatida 2 juft metall valik bor. Ostki valikka charm qoplangan. Valiklar bir-biriga prujina yordamida siqilib turadi. Paxta namunasidan 200—300 g tola ajratilib, 32 teng boʻlakka boʻlinadi va aralashtiriladi. Aralashmani … Читать далее

VIBROMETR

VIBROMETR (lot. vibro — tebrataman va… metr) — tebranuvchi (titrovchi) jismlar (mashinalar, imorat va b. inshootlar)ning mexanik tebranishi va titrashini oʻlchaydigan asbob. Koʻrsatkichlarni qayd qiladigan Vibrometr vibrograf deb ataladi. Vibrometrning korpusi tekshiriladigan obyekt (mas., samolyot)ga mahkam bogʻlanadi, korpus obyekt bilan birga titraganda Vibrometr dagi yuk oʻz inersiyasi taʼsirida dastlabki vaziyatini saqlashga intiladi. Shunda korpus va … Читать далее

GIROSKOP

GIROSKOP (giro… va…skop) — aylanish oʻqi fazoda oʻz yoʻnalishini oʻzgartira oladigan tez aylanuvchi qattiq jism. Aylanish oʻqi fazoda erkin aylana olishi uchun Giroskopni kardanli osmaga mahkamlab qoʻyish kerak (q. Kardanli mexanizm). Osma markaziga nisbatan Giroskop istalgan yoʻnalishda burilishi, uning aylanish oʻqi doiraviy konussimon sirt yasab harakatlanishi (q. Pretsessiya) mumkin. Keyingi xususiyati navigatsiya asboblari — girokompas, … Читать далее

GIDROLOKATOR

GIDROLOKATOR (gidro… va lot. loco — joylashtiraman) — suv ostidagi obyektlarning vaziyatini tovush signallari yordamida aniqlaydigan gidroakustik st-ya (asbob). G. yordamida suv ostidagi obyekt (mas, choʻkkan kema) gacha boʻlgan masofa, qiya uzoqlik boʻyicha suvga botish chuqurligi, vertikal tekislik boʻyicha obyekt tomonga yoʻnalish burchagi aniqlanadi. Gidrolokatorning ishlash tarzi quyidagicha: generator ishlab chiqaradigan elektr kuchlanishlar impulsi «qabul … Читать далее

GEODEZIK BELGILAR

GEODEZIK BELGILAR — joylarda geodezik punktlarni belgilash va mahkamlash uchun quriladigan yer usti inshootlari (ustunlar, piramidalar, yogʻoch yoki metall moslamalar va b.) hamda yer osti qurilmalari (beton monolitlar va b.). Oʻlchash ishlarida asbob G. b. ga qarab vizirlanadi. Teodolit G. b. ustiga yerdan maʼlum darajada baland qilib oʻrnatiladi. Agar teodolit 10 m gacha baland oʻrnatilishi … Читать далее

GARMONIK ANALIZATOR

GARMONIK ANALIZATOR (matematikada) — davriy funksiyalarni trigonometrik qatorlarga yoyish va integrallar bilan ifodalash koeffisentlarini hisoblaydigan asbob. Har qanday Garmonik analizator tarkibiga kiritish qurilmasi, koʻpaytirish qurilmasi va integrallash qurilmasi kiradi. Garmonik analizatorning asosiy koʻrsatkichlari: beriladigan funksiya turi (grafik, elektr signal, mexanik siljish va b.), garmonikaning eng katta nomeri, bir yoʻla hisoblanadigan koeffitsiyent soni. Mexanik, elektrik, optik … Читать далее

BURCHAK OʻLCHAGICH

BURCHAK OʻLCHAGICH — mashina detallari, keskich va oʻlchov asboblarining ikki tekisligi orasidagi burchakni oʻlchaydigan asbob. Nonius (qoʻshimcha shkala)li va optik xillari bor. N o niusli Burchak oʻlchagich 0° dan 120°gacha darajalarga boʻlingan yarim doyra 2, qoʻzgʻalmas chizgʻich /, vintli oʻq 8 da aylanadigan chizgich 6 dan iborat (rasm). Harakatlanuvchi chizgʻichga yarim doyra aylanasida sirpanuvchi nonius … Читать далее